Ibtido 8:1-22

  • To‘fon suvlari pasayadi (1-14)

    • Kaptar uchiriladi (8-12)

  • Kemadan chiqish (15-19)

  • Xudo yer borasida va’da beradi (20-22)

8  Bundan so‘ng Tangri Nuhga, u bilan birga kemaga kirgan+ barcha yovvoyi hayvonlar va uy hayvonlariga e’tibor qaratib*, yer yuziga shamol yubordi va suv pasaya boshladi.  Osmondagi barcha suvlar tugab, samoning suv qopqalari bekildi va yog‘ayotgan yomg‘ir tindi+.  Suv yer yuzidan asta-sekin kamaya boshlab, 150 kundan keyin ancha ozaydi.  Yettinchi oyning* 17- kuni, kema Ararat tog‘lari ustida to‘xtadi.  Suv o‘ninchi oygacha* asta-sekin kamayib bordi. O‘ninchi oyning birinchi kuni, tog‘larning cho‘qqilari ko‘rina boshladi+.  Nuh 40 kundan keyin kemaning derazasini+ ochdi.  So‘ng u quzg‘unni tashqariga uchirib yubordi. Yer yuzidagi suv quriguncha, quzg‘un kemadan uchib ketib, yana uchib kelib yurdi.  Keyinroq Nuh yer yuzidagi suv qurigan-qurimaganini bilish uchun, kaptarni uchirib yubordi.  Yer yuzini hali suv qoplab turgani sababli, kaptar qo‘nolg‘a* topa olmay+, yana kemaga qaytib keldi. Shunda Nuh qo‘lini cho‘zib, kaptarni kemaga kirgizdi. 10  Yetti kun kutib, u kaptarni yana kemadan uchirib yubordi. 11  Kaptar kechga yaqin Nuhning yoniga uchib kelganida, u kaptarning tumshug‘ida zaytun daraxtining yangi uzilgan bargi borligini ko‘rib, yer yuzida suv pasayib qolganini tushundi+. 12  U yana yetti kun kutib, kaptarni tag‘in uchirib yubordi. Lekin kaptar boshqa qaytib kelmadi. 13  Nuh 601 yoshga to‘lganida+, birinchi oyning birinchi kuni yer yuzidagi suv kamayib qoldi. Nuh kemaning tomini ochib, yer yuzasi quriyotganini ko‘rdi. 14  Ikkinchi oyning 27- kuni, yer butunlayin quridi. 15  Alloh Nuhga shunday dedi: 16  «Xotining, o‘g‘illaring va kelinlaring bilan birga kemadan chiq+. 17  Serpusht bo‘lib ko‘payishlari va yer yuzini to‘lg‘azishlari uchun+, o‘zing bilan birga har bir jonzotni+ — qanotli jonivorlarni, hayvonlarni, yerda o‘rmalab yuruvchi* jonzotlarni ham olib chiq». 18  Keyin Nuh o‘g‘illari+, xotini va kelinlari bilan birga kemadan chiqdi. 19  Hamma hayvonlar, o‘rmalab yuruvchi va qanotli jonivorlar — yer yuzida harakatlanuvchi barcha jonzotlar turiga qarab kemadan chiqdi+. 20  So‘ngra Nuh Yahovaga atab qurbongoh qurdi+ va halol jonivorlarning hamda halol qushlarning barcha turidan+ olib, qurbongoh ustida butunlay kuydirib qurbonlikka keltirdi+. 21  Yahova yoqimli* hidni his etdi. Shunda Yahova O‘z ko‘nglida shunday dedi: «Boshqa hech qachon odamzodni deb yerni la’natlamayman*+. Zero, insonning qalbi bolaligidan yomonlikka moyildir+. Endi tirik jonzotni aslo qirg‘in qilmayman+. 22  Bundan buyon yer yuzida ekin-tikin va o‘rim-yig‘im, sovuq va issiq, yoz va qish, kun va tun aslo ado bo‘lmaydi»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «eslab».
Bu oy, Isroil xalqi Misrdan chiqqach, muqaddas kalendar bo‘yicha birinchi oy bo‘lib, «abib» (yoki «nison») deya atalgan. «Abib» oyi martning o‘rtasidan aprelning o‘rtasigacha davom etardi. Ilovaning B15 mavzusiga q.
Bu oy, «tammuz» oyiga to‘g‘ri keladi. Ilovaning B15 mavzusiga q.
Yoki «oyoq qo‘yadigan yer».
Bu ibroniycha so‘z ostida sichqonlar, ilonlar, hasharotlar kabi jonzotlarni tushunish mumkin.
Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
Yoki «halokatga duchor qilmayman».