Ibtido 9:1-29
9 Tangri Nuhni va uning o‘g‘illarini qutlab, shunday dedi: «Serfarzand bo‘lib, ko‘payinglar va yer yuzini to‘ldiringlar+.
2 Yer yuzidagi barcha tirik mavjudot, osmonda uchib yurgan har bir jonivor, yer yuzida harakatlanuvchi butun jonzot va dengizdagi hamma baliqlar bundan keyin ham sizlardan qo‘rqib, titrab turishadi. Ularni sizlarning qo‘lingizga topshirdim+.
3 Yer yuzida yashayotgan hayvonlarning barchasi sizlarga yegulik bo‘lsin+. O‘t-o‘lan kabi, ularning barini sizlarga beryapman+.
4 Faqat etni joni*, ya’ni qoni+ bilan yemanglar+.
5 Bundan tashqari, joningiz bo‘lmish qoningiz to‘kiladigan bo‘lsa, bu uchun javobgarlikka tortaman: odam qonini to‘kkan hayvon o‘ldiriladi; birodarining hayotiga zomin bo‘lgan har bir inson javobgarlikka tortiladi+.
6 Bordi-yu, kimdir odam qonini to‘ksa, uning qoni ham inson qo‘li bilan to‘kiladi+. Boisi, Xudo odamni O‘ziga monand qilib yaratgan+.
7 Sizlar esa, serfarzand bo‘lib, ko‘payinglar va yer yuzini to‘ldiringlar»+.
8 So‘ng Alloh Nuhga va uning o‘g‘illariga quyidagilarni aytdi:
9 «Endi men sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahdlashyapman+.
10 Yoningizdagi barcha tirik jon — qushlar, hayvonlar, sizlar bilan birgalikda yer yuzidagi butun jonzotlar, ya’ni kemadan chiqqan va yer yuzidagi jamiki tirik mavjudotlar+ bilan ahd qilyapman.
11 Ha, Men sizlar bilan ahdlashyapman: boshqa hech qachon hayvonlar va insonlar to‘fon suvlari bilan yo‘q qilinmaydi, bundan buyon yer yuzini xarob qiladigan to‘fon sodir bo‘lmaydi»+.
12 Tangri yana mana bunday dedi: «Sizlar bilan hamda yoningizdagi jamiki tirik jon bilan qilgan, kelajak avlodlarning barchasiga o‘tadigan ahdimning belgisi shu bo‘ladi:
13 Men bulut orasida kamalak paydo qilaman. U, Mening yer bilan qilgan ahdimning belgisi bo‘ladi.
14 Yerning ustini bulutlar bilan qoplaganimda, bulutlar orasida kamalak paydo bo‘ladi.
15 Shunda men sizlar bilan va har bir tirik jon bilan qilgan ahdimni eslayman. Boshqa hech qachon insonlar va hayvonlarni yo‘q qilish uchun suvlar to‘fonga aylanmaydi+.
16 Bulutlar orasida kamalak paydo bo‘lganida, uni ko‘rib, yer yuzidagi har bir tirik jon bilan qilgan abadiy ahdimni eslayman».
17 Xudo Nuhga: «Bu — yer yuzidagi barcha odamlar va jonivorlar bilan qilgan ahdimning belgisi»+,— deya yana bir bor takrorladi.
18 Nuhning kemadan chiqqan o‘g‘illari Som, Xom va Yofas edi+. Keyinchalik Xom Kan’onning otasi bo‘ldi+.
19 Ularning uchovi Nuhning o‘g‘illari edi. Yer aholisi ulardan kelib chiqib, har tomonga tarqab ketdi+.
20 Nuh dehqonchilik bilan shug‘ullana boshladi va uzumzor barpo etdi.
21 Bir kuni u sharob ichib, mast bo‘lib qoldi va chodirining ichida yalang‘och bo‘lib yotganida,
22 Kan’onning otasi Xom, o‘z otasining yalang‘ochligini ko‘rib, tashqaridagi ikkita akasiga aytdi.
23 Shunda Som bilan Yofas yopinchiqni olib, yelkalariga tashlashdi va orqalari bilan ichkariga kirib, otasining yalang‘och badanini yopishdi. Ular yuzlarini teskari o‘girib olishgani uchun, otasining yalang‘ochligini ko‘rishmadi.
24 Nuhning kayfi tarqab, uyg‘onganidan keyin, kenja o‘g‘lining qilmishidan xabardor bo‘ldi.
25 Shunda u:
«Kan’on la’nati bo‘lsin+.
Akalariga eng tuban qul bo‘lsin!»+ — deb aytdi.
26 Nuh yana shunday dedi:
«Somning Xudosi Yahovaga olqishlar bo‘lsin,Kan’on esa unga qul bo‘lsin!+
27 Alloh Yofasga keng yerlarni ato etsin,U Somning chodirlarida yashasin.
Kan’on esa unga ham qul bo‘lsin».
28 To‘fondan keyin Nuh yana 350 yil umr kechirdi+.
29 Nuh hammasi bo‘lib 950 yil yashab, hayotdan ko‘z yumdi.
Izohlar
^ Yoki «hayoti».