Ishayo 48:1-22

  • Isroil tanbeh olib, poklanadi (1-11)

  • Yahova Bobilga qarshi chiqadi (12-16a)

  • Allohning ta’limi foydalidir (16b-19)

  • «Bobildan chiqib keting!» (20-22)

48  Ey, Yoqub xonadoni, tinglang!O‘zingizni Isroilning nomi ila ataysiz+,Yahudo avlodidan* chiqgansiz,Yahovaning ismi haqqi qasam ichib+,Isroilning Xudosiga yolvorasiz-u,Ammo buni haqiqat va odillik ila qilmaysiz+.   Ular muqaddas shaharda yashaymiz deya+,Ismi Qo‘shinlar Sarvari Yahova bo‘lmishIsroilning Tangrisidan madad izlaydi+.   «O‘tmishda yuz berganlarni senga oldindan aytdim. Bular Mening og‘zimdan chiqdi.Ularni senga bildirdim+. Birdan ishga kirishib, ularni amalga oshirdim+.   Chunki o‘jar ekaningni,Bo‘yning temir, peshonang misdan ekanini bilaman+.   Shu bois, bularni oldindan aytdim. Toki: “Buni o‘zimiz yasagan but qildi.Quyma but va o‘yma tasvirimiz amri ila shunday bo‘ldi”,— demasliging uchun,Bu narsalar amalga oshmay turib, senga eshittirdim.   Bularning barini ham ko‘rib, ham eshitding. Endi e’lon qilmaysanmi?+ Hozirdan senga yangi narsalarni+,Sen bilmagan pinhona sirlarni bayon qilaman.   Ular o‘tmishda emas, endigina bajarilyapti,Bugunga qadar ular haqda eshitmagansan.Shu sababli: “Men bularni bilar edim”,— deya olmaysan.   Ha, sen eshitmading+, bilmading.Chunki avvallari quloqlaring yopiq edi. Sen nihoyatda xiyonatkor ekaningni bilaman+.Tug‘ilganingdan buyon noming qonunbuzardir+.   Lekin O‘z ismim haqqi g‘azabimni to‘kmayman+.Sharafim haqqi O‘zimni tiyaman,Seni yo‘q qilmayman+. 10  Mana! Men seni tozaladim, ammo kumushni tozalaganday emas+. Seni olovli o‘choqda, qayg‘u chekkaningda sinadim*+. 11  Faqat O‘z ismim haqqi ishga kirishaman+,Ismim bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymayman+. Ulug‘vorligimni hech kimga bermayman! 12  Ey Yoqub, Menga quloq sol! O‘zim chaqirgan, ey Isroil, Meni tingla! Men O‘shaman+. Birinchisi ham, oxirgisi ham Menman+. 13  O‘z qo‘lim bilan yerning poydevoriga asos soldim+.O‘ng qo‘lim ila samolarni yoyib yubordim+. Ularni chaqirsam, hammasi jam bo‘ladi. 14  Barchangiz birgalikda kelib tinglang. Ulardan qay biri bu narsalarni e’lon qiladi? Yahova uni yaxshi ko‘rdi+. O‘sha odam Uning Bobilga qarshi tilagini amalga oshiradi+.Uning qo‘li xaldeylarga qarshi ko‘tariladi+. 15  Buni O‘zim aytdim, uni O‘zim chaqirdim+. Men uni olib keldim, uning yo‘li muvaffaqiyatli bo‘ladi+. 16  Menga yaqinroq kelib, quloq tutinglar! Azaldan Men yashirmay gapirdim+. Bu amalga oshganda Men o‘sha yerda edim». Hozir bo‘lsa, Oliy Hukmdor Yahova meni O‘z ruhi bilan yubordi. 17  Xaloskoring, Isroilning Muqaddas Xudosi Yahova+ shunday demoqda: «Men Yahova, sening Xudoyingman,Sening manfaatingni ko‘zlab ta’lim beraman+,Yurishing kerak bo‘lgan yo‘ldan yetaklayman+. 18  Qaniydi amrlarimga diqqatli bo‘lganingda edi!+ Xotirjamliging go‘yo daryoday+,Odilliging dengiz to‘lqinlariday bo‘lardi+. 19  Zurriyoting* qumday,Avloding qum zarralariday son-sanoqsiz bo‘lardi+. Ismlari Mening huzurimdan aslo o‘chmas, yo‘q bo‘lmas edi». 20  Bobildan chiqib keting!+ Xaldeylardan qoching! Shod-xurramlik ila buni e’lon qiling, jar soling!+ Yerning chekkalarigacha buni bildiring!+ «Yahova O‘z xizmatkori Yoqubni to‘lov evaziga qutqardi+. 21  Sahrodan olib o‘tganda ham ular chanqamadi+. Ular uchun qoyadan suv oqizdi.Qoyani yorib toshqin suvlar chiqardi»+,— deb ayting. 22  «Yovuzlar tinchlik nimaligini bilmaydi»,— demoqda Yahova+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «suvlaridan».
Boshqa variant «tanladim».
So‘zma-so‘z «Urug‘ing».