Levilar 12:1-8

  • Farzand ko‘rgach poklanish (1-8)

12  Yahova Musoga yana shularni aytdi:  «Isroil o‘g‘illariga quyidagini ayt: “Agar ayol homilador bo‘lib o‘g‘il tug‘sa, hayz ko‘rgan paytdagidek, u yetti kun nopok hisoblansin+.  Sakkizinchi kuni bola sunnat qilinsin+.  Ayol keyingi 33 kun mobaynida o‘zini qondan tozalasin. Uning poklanish kunlari tugamaguncha, u hech qanday muqaddas narsaga tegmasin va muqaddas joyga kirmasin.  Agar ayol qiz tug‘sa, hayz ko‘rgan paytdagidek, 14 kun nopok hisoblansin. Keyingi 66 kun davomida u o‘zini qondan tozalasin.  O‘g‘li yoki qizi uchun poklanish kunlari o‘z nihoyasiga yetganda, u bir yashar qo‘chqorni kuydiriladigan qurbonlik+, g‘urrak yoki kaptar palaponini esa gunoh qurbonligi sifatida uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin.  Ruhoniy bularni Yahovaning huzuriga olib borib, uning gunohini yuvsin va ayol qon ketishidan pok bo‘ladi. O‘g‘il yoki qiz tuqqan ayolga tegishli qonun shudir.  Biroq ayolning yosh qo‘chqorni olib kelishga qurbi yetmasa, u ikkita g‘urrak yoki ikkita kaptar palaponini keltirsin+, birini kuydiriladigan qurbonlik sifatida, ikkinchisini gunoh qurbonligi qilib keltirsin. Ruhoniy ayolning gunohini yuvsin va u pok hisoblanadi”».

Izohlar