Luqo 1:1-80

  • Teofilga murojaat (1-4)

  • Jabroil Yahyoning tug‘ilishini bashorat qiladi (5-25)

  • Jabroil Isoning tug‘ilishini bashorat qiladil (26-38)

  • Maryam Elisabetni ko‘rgani keladi (39-45)

  • Maryam Yahovani ulug‘laydi (46-56)

  • Elisabet o‘g‘il ko‘rib, ismini Yahyo qo‘yadi (57-66)

  • Zakariyoning bashorati (67-80)

1  Ko‘plar, bizlar ham ishongan hodisalar haqida ma’lumot yig‘ib, ularni qalamga olishga kirishdi+.  Bu voqealarga boshidanoq guvoh bo‘lganlar+ va xushxabarni va’z qiluvchi xizmatchilar+ bularni bizga aytib berishdi.  Shu sababli, ey muhtaram Teofil+, men ham bir boshdan hammasini tekshirganimdan keyin, bular haqida mantiqiy tartibda sizga yozishga qaror qildim.  Toki siz olgan ta’limingizga+ butunlay ishonch hosil qiling.  Yahudiyada Hirod* shoh bo‘lgan davrda+, Abiyo+ nomi bilan atalgan ruhoniylar guruhiga tegishli Zakariyo ismli bir ruhoniy bor edi. Uning xotini Horun avlodidan bo‘lib, ismi Elisabet edi.  Ular Xudoning nazarida odil kishilar edi. Chunki ikkovi ham Yahovaning* amrlari va qonunlariga muvofiq benuqson hayot kechirishardi.  Ammo Elisabet bepusht bo‘lgani bois, farzandlari yo‘q edi. Boz ustiga, ularning yoshi ham o‘tib qolgan edi. 8  Bir kuni Zakariyo o‘z guruhining navbati bo‘yicha+ Allohning oldida ruhoniylik vazifasini bajarayotganida,  ruhoniylik qoidasiga ko‘ra Yahovaning ma’badiga*+ kirib, tutatqi tutatish+ navbati keldi. 10  Tutatqi tutatilayotgan vaqtda butun xalq tashqarida ibodat qilayotgan edi. 11  Shunda Zakariyoning oldida Yahovaning* farishtasi paydo bo‘lib, tutatqi qurbongohining o‘ng tarafiga turdi. 12  Zakariyo uni ko‘rganida tashvishga tushib, juda qo‘rqdi. 13  Ammo farishta unga shunday dedi: «Qo‘rqma Zakariyo, zero iltijolaring ijobat bo‘ldi. Xotining Elisabet senga o‘g‘il tug‘ib beradi va uning ismini Yahyo qo‘yasan+. 14  U senga sevinch va shodlik keltiradi, uning tug‘ilganidan ko‘plar quvonadi+. 15  U Yahovaning* nazarida ulug‘ kishi bo‘ladi+. Lekin u hech qanday sharob va o‘tkir ichimliklar ichmasligi lozim+. U hali tug‘ilmasidan muqaddas ruhga to‘ladi+ 16  va Isroil o‘g‘illaridan ko‘plarini Tangrisi Yahovaga* qaytaradi+. 17  U Xudoning oldida Ilyos payg‘ambarning ruhi va qudrati ila yuradi+. Otalarning qalblarini farzandlariga qaytarib+, itoatsizlarga odil kishilar kabi dono yo‘l tutishiga yordam beradi, tayyor xalqni Yahovaga* taqdim etadi»+. 18  Zakariyo farishtaga: «Men bunga qanday amin bo‘laman? Axir o‘zim qarib qolgan bo‘lsam, xotinimning ham yoshi o‘tib qolgan-ku»,— dedi. 19  Farishta esa unga shunday javob berdi: «Men Allohning oldida turgan+ Jabroilman+. Men bu haqdagi quvonchli xabarni senga yetkazish uchun yuborilganman. 20  Ammo belgilangan vaqtda bajo bo‘ladigan so‘zlarimga ishonmaganing uchun, bularning bari ro‘yobga chiqmaguncha tildan qolasan». 21  Ayni mahalda xalq Zakariyoni kutib, ma’baddan haligacha chiqmayotganidan hayron edi. 22  Zakariyo chiqqach, ular bilan gaplasha olmasdi. Shunda xalq u ma’badda vahiy ko‘rganini tushundi. Zakariyo gung bo‘lib qolgani uchun, ular bilan imo-ishora orqali muloqot qildi. 23  Muqaddas xizmat kunlari yakuniga yetgach, Zakariyo uyiga qaytdi. 24  Oradan kunlar o‘tib, xotini Elisabet homilador bo‘ldi va besh oy yashirinib yurdi. U shunday derdi: 25  «Shu kunlarda Yahova* menga nisbatan shunday yo‘l tutdi: U menga e’tibor qaratib, odamlar oldida sharmandaligimdan ozod etdi»+. 26  Elisabetning homiladorligiga olti oy bo‘lgach, Alloh farishta Jabroilni+ Jalilaning Nosira degan shahriga, 27  Dovud avlodidan Yusuf ismli kishiga unashtirilgan qizning+ yoniga yubordi. Qizning ismi Maryam edi+. 28  Farishta uning oldiga kelib, dedi: «Salom, ulug‘ iltifotga sazovor bo‘lgan qiz, Yahova* sen bilandir». 29  Bu so‘zlar qizni sarosimaga soldi va u bunday salomlashish nimani anglatishi borasida o‘ylay boshladi. 30  Shunda farishta unga dedi: «Qo‘rqma Maryam, sen Allohning nazarida marhamat topding. 31  Mana, sen homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘asan+ va ismini Iso qo‘yasan+. 32  U ulug‘ bo‘ladi+, Xudoyi Taoloning O‘g‘li deb ataladi+ va Tangri Yahova* unga bobokaloni Dovudning taxtini beradi+. 33  U Yoqubning xonadoni ustidan shohlik qiladi va Shohligining cheki bo‘lmaydi»+. 34  Biroq Maryam farishtadan: «Bu qanday bo‘lishi mumkin, axir men er ko‘rmaganman-ku?»+ — deb so‘radi. 35  Farishta unga javob berib, dedi: «Muqaddas ruh ustingga tushib keladi+ va Alloh Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli, sendan tug‘iladigan bolani muqaddas+, Xudoning O‘g‘li deb atashadi+. 36  Ana, odamlar bepusht deb yurgan qarindoshing ham qariligida o‘g‘ilga homilador bo‘ldi. Homilasi oltinchi oyda. 37  Zotan Xudoning hech bir kalomi bajarilmay qolmaydi»+. 38  Shunda Maryam: «Men Yahovaning* cho‘risiman! Iloyo aytganingiz kelsin»,— dedi. Keyin farishta g‘oyib bo‘ldi. 39  O‘sha kunlarda Maryam zudlik bilan yo‘lga chiqib, tog‘li hududga, Yahudiyaning bir shahriga bordi. 40  U Zakariyoning uyiga kirib, Elisabet bilan salomlashdi. 41  Elisabet Maryamning salomini eshitgan zahotiyoq, uning qornidagi bolasi qimirlab ketdi. Elisabet muqaddas ruhga to‘ldi-da, 42  baland ovozda xitob qilib dedi: «Sen ayollar ichra muboraksan, qorningdagi bola ham muborakdir! 43  Hazratimning onasi oldimga kelgani men uchun naqadar sharaf! 44  Buni qara-ya, salomingni eshitganim zahoti, qornimdagi bola ham quvonchdan o‘ynoqlab ketdi! 45  Ishonganing uchun baxtlisan, boisi, Yahova* senga aytgan so‘zlarini amalga oshiradi». 46  Shunda Maryam quyidagilarni aytdi: «Jonim-la* Yahovani* ulug‘layman+, 47  Xaloskor Allohim ila ko‘nglim shod-xurram+. 48  Zero U faqir cho‘risining holiga nazar soldi+. Bundan buyon barcha nasllar meni baxtiyor deb atashadi+. 49  Qodir Tangri men uchun ulug‘ ishlar qildi, Uning ismi muqaddasdir+. 50  Undan qo‘rqqanlarga U toabad rahm-shafqat namoyon etadi+. 51  U qo‘li bilan qudratli ishlar qildi, qalblarida mag‘rurlik o‘rnashganlarni to‘zg‘itib yubordi+. 52  Hukmdorlarni taxtlaridan uloqtirib tashladi+, faqirlarni esa yuksaltirdi+. 53  Ochlarni U ne’matlar ila to‘yg‘azdi+, boylarni esa quppa-quruq jo‘natdi. 54  Rahm-shafqatni mangu namoyon etish va’dasi yodida ekanini ko‘rsatish uchun xizmatkori Isroilga yordamga keldi+. 55  Chunki U buni ota-bobolarimiz Ibrohim va uning zurriyotiga* va’da qilgan edi»+. 56  Shunday qilib, Maryam Elisabetnikida qariyb uch oy bo‘lib, so‘ng uyiga qaytdi. 57  Elisabetning oy-kuni to‘lib, o‘g‘il tug‘di. 58  Yahova* unga buyuk marhamat ko‘rsatganini qo‘ni-qo‘shnilari va qarindoshlari eshitib, u bilan birga quvonishdi+. 59  Sakkizinchi kuni ular bolani sunnat qilgani kelishdi+, unga otasining ismini — Zakariyo qo‘ymoqchi bo‘lishdi. 60  Lekin onasi: «Yo‘q, uning ismini Yahyo qo‘yamiz»,— dedi. 61  Boshqalar unga: «Axir, urug‘-aymog‘ingiz orasida bunday ismli kishi yo‘q-ku»,— deyishdi. 62  Shu payt otasidan imo-ishora orqali chaqaloqga qanday ism berishni so‘rashdi. 63  Zakariyo bir taxtacha so‘radi-da, ustiga: «Uning ismi Yahyo bo‘ladi»+,— deb yozdi. Bundan hamma hayron qoldi. 64  O‘sha zahoti Zakariyo tilga kirib+, Allohni ulug‘lay boshladi. 65  Atrofda yashovchilarning hammasini qo‘rquv bosdi. Yahudiyaning butun tog‘li hududidagi odamlarning og‘zida shu gap yurardi. 66  Ushbu so‘zlarni eshitganlar buni yuraklariga tugib: «Ajabo, bu bola kim bo‘lar ekan?» — deya o‘ylashardi. Chunki Yahovaning* qudrati u bilan edi. 67  Chaqaloqning otasi Zakariyo muqaddas ruhga to‘lib, bashorat qila boshladi: 68  «Xalqiga nazar tashlab, najot bergan+ Isroilning Xudosi Yahovaga* hamd-u sanolar bo‘lsin!+ 69  U xizmatkori Dovud xonadonidan+ chiqqan qudratli najotkorni* berdi+. 70  Qadimda yashagan payg‘ambarlar orqali aytganidek+, 71  dushmanlarimiz-u bizdan nafratlangan kishilarning qo‘lidan xalos etadi+. 72  Shu tariqa, U ota-bobolarimizga rahm-shafqat ko‘rsatib, muqaddas ahdini+, 73  bobokalonimiz Ibrohimga ichgan qasamini eslaydi+. 74  Qasamiga ko‘ra, dushmanlar qo‘lidan bizni xalos etgandan keyin, Unga umr bo‘yi muqaddas xizmatni jasorat, 75  sadoqat va adolat bilan bajarish sharafiga muyassar qiladi. 76  Sen esa, ey chaqaloq, Tangri Taoloning payg‘ambari deb nom olasan. Yahovaning* oldida yurib, Uning yo‘llarini tayyorlaysan+. 77  Uning xalqiga gunohlari kechirilishi orqali najot topishini e’lon qilasan+. 78  Bularning bari Allohimizning mehr-shafqati ila bo‘ladi. Ha, mehr-shafqat bilan yuksaklikdan bizga nur keladi. 79  Zulmatda va o‘lim soyasida o‘tirganlarga yorug‘lik berib+, qadamlarimizni tinchlik yo‘liga yo‘naltiradi». 80  Shunday qilib, chaqaloq o‘sib-ulg‘ayib, Isroil xalqi oldida paydo bo‘lgunga qadar dasht-biyobonda yashadi.