Mark 6:1-56

  • Iso o‘z yurtida rad etiladi (1-6)

  • Xizmat uchun yo‘l-yo‘riq (7-13)

  • Yahyoning o‘limi (14-29)

  • Iso 5 000 ta odamni to‘ydiradi (30-44)

  • Iso suvdan yuradi (45-52)

  • Iso Genisaretda odamlarni davolaydi (53-56)

6  Iso o‘sha yerdan jo‘nab, o‘z yurtiga ketdi+. Shogirdlari ham uning orqasidan ergashib borishardi.  Shabbat kuni u ibodatxonada ta’lim bera boshladi. Tinglovchilarning aksariyati hayratda qolib: «Shuncha narsani u qayerdan biladi?+ Bunday donolikka u qay tarzda ega bo‘lgan? Bu kabi qudratli ishlarni qanday bajaryapti?+  Bu kishi Maryamning o‘g‘li+, anavi Yoqub+, Yusuf, Yahudo va Simunning akasi+ bo‘lmish duradgor-ku+. Ana, singillari ham oramizda»,— deya Isoga ishongisi kelmasdi.  Lekin Iso ularga: «Payg‘ambarni har yerda e’zozlashadi. Faqat o‘z yurti, qarindosh-urug‘lari va o‘z uyidagina uni hurmat qilishmaydi»,— deb aytdi+.  Shunday qilib Iso u yerda hech qanday qudratli ishlarni bajarmadi. Ba’zi kasallarga qo‘lini tekkizdi-da, ularga shifo berdi, xolos.  Iso o‘sha yerdagilarning imonsizligiga hayron qoldi. U yo‘l-yo‘lakay odamlarga ta’lim bergancha, atrofdagi qishloqlarga ketdi+.  Keyin Iso 12 shogirdini chaqirdi-da, ikkitadan jo‘natayotib+ ularga yovuz ruhlarni quvib chiqarish vakolatini berdi+.  Shuningdek, o‘zlari bilan hassadan tashqari hech narsa: non ham, yegulik solingan xalta ham, belbog‘iga pul* ham+,  qo‘shimcha kiyim ham olmaslikni buyurdi. Aksincha, sandallarini kiyishni aytdi. 10  So‘ngra ularga yana shunday dedi: «Qaysi uyga kirsangiz, to ketmaguningizcha o‘sha yerda qolinglar+. 11  Agar qaysidir joyda sizlarni qabul qilishmasa va tinglashmasa, o‘sha yerdan chiqayotib, ularga shohidlik bo‘lishi uchun oyoqlaringizdagi changni qoqib tashlanglar»+. 12  Bundan keyin shogirdlar ketib, odamlar tavba qilishsin deya va’z eta boshlashdi+. 13  Ular ko‘p jinlarni quvib chiqarishardi+ va ancha bemorlarga moy surtib, ularni davolashardi. 14  Isoning ismi hammaga ma’lum bo‘lgani uchun, podshoh Hirod* ham bundan xabar topdi. Ayrimlar: «Xalqni suvga cho‘mdirib yurgan Yahyo tirilibdi, ana shu bois u orqali bunday qudratli ishlar yuz beryapti»+,— deb aytishardi. 15  Boshqalar esa: «Bu Ilyos payg‘ambar»,— deyishardi. Yana boshqalar: «Bu ham qadimgi payg‘ambarlarga o‘xshash payg‘ambardir-da»+,— deya gapirishardi. 16  Ushbu gaplarni eshitib, Hirod shunday dedi: «Men boshini tanasidan judo qilgan Yahyo tirilibdi». 17  Chunki bundan oldin, Hirod Yahyoni hibsga olish uchun odamlarini jo‘natib, uni kishanlab, qamoqga tashlagandi. Bularni u akasi Filipning xotini Hirodiyani deb qilgandi. Sababi, Hirod uni xotinlikka olgan edi+. 18  Yahyo Hirodga: «Akangizning xotiniga uylanishingiz noqonuniy»+,— deb aytardi. 19  Shu sababli, Hirodiya Yahyodan achchiqlanib, uni o‘ldirishni istardi, lekin buni amalga oshira olmasdi. 20  Chunki Hirod Yahyoning odil va muqaddas kishi ekanini bilib+, undan qo‘rqardi va uni himoya qilardi. Yahyoni tinglayotganda esa, u bilan nima qilishini bilmay gangib turardi, biroq uni maza qilib tinglardi. 21  Bir kuni qulay fursat tug‘ilib qoldi. Hirod o‘zining tug‘ilgan kuni+ munosabati bilan amaldorlarni, mingboshilarni va Jaliladan mashhur odamlarni chaqirib, ziyofat uyushtirdi+. 22  Hirodiyaning qizi kirib, o‘sha yerda o‘yinga tushdi va bu Hirodga hamda u bilan birga yonboshlaganlarga juda yoqdi. Shunda podshoh qizga: «Istagan narsangni so‘ra, senga tortiq etaman»,— dedi. 23  Hirod qasam ichib, unga: «Ha, istaganingni beraman, hatto shohligimning yarmini so‘rasang ham beraman»,— deb aytdi. 24  Qiz onasining oldiga borib: «Nima so‘rasam ekan?» — deya so‘radi. Onasi unga: «Yahyoning* kallasini so‘ra»,— dedi. 25  Qiz darhol podshohning oldiga yugurib borib, undan shuni talab qildi: «Hoziroq menga laganda Yahyoning boshini keltirishlarini xohlayman»+. 26  Bu gaplardan Hirod qayg‘uga botdi, ammo mehmonlarning oldida qasam ichgani uchun, unga rad javob berishni istamasdi. 27  Shu sababli, podshoh jallodni jo‘natib, Yahyoning boshini keltirishni buyurdi. U borib qamoqxonada Yahyoning boshini tanasidan judo qildi. 28  Jallod Yahyoning boshini laganda keltirdi-da, qizga uzatdi. Qiz esa uni onasiga olib borib berdi. 29  Yahyoning shogirdlari bu haqda eshitgach, darrov yetib kelishdi. Uning jasadini olib, qabrga qo‘yishdi. 30  Havoriylar Isoning oldiga kelib, qanday ishlar qilishgani va nimalar o‘rgatishgani to‘g‘risida unga hammasini aytib berishdi+. 31  Keyin Iso ularga: «Kelinglar, xilvat joyga borib, u yerda bir oz dam olamiz»+,— dedi. Chunki ko‘p odamlar kelib-ketardi va ularning hatto ovqatlanishga ham vaqti yo‘q edi. 32  Shuning uchun ular yolg‘iz qolish maqsadida qayiqda xilvat joyga suzib ketishdi+. 33  Ammo odamlar ularning jo‘nab ketishayotganini ko‘rishdi. Shunda ko‘pchilik bundan xabar topib, barcha shaharlardan ular borayotgan joyga oldin yugurib borishdi. 34  Qayiqdan chiqqach, Iso tumonat xaloyiqni ko‘rib, ularga achindi+, chunki ular cho‘ponsiz qo‘ylarday edi+. So‘ng ularga ko‘p narsalarni o‘rgata boshladi+. 35  Kechga yaqin shogirdlari Isoning yoniga kelib, shunday deyishdi: «Bu yer kimsasiz joy ekan, vaqt ham kech bo‘lib qoldi+. 36  Odamlarni jo‘nata qoling, yon-atrofdagi qishlog‘-u ovullarga borishsin. O‘zlariga yeyish uchun u-bu narsa sotib olishsin»+. 37  Iso shogirdlariga javoban: «Sizlar ularga yegani narsa beringlar»,— dedi. Ular esa: «Odamlar yeb olishi uchun 200 dinorga* non sotib olaylikmi?»+ — deya so‘rashdi. 38  Keyin Iso ularga: «Qancha noningiz bor? Borib qaranglar-chi»,— dedi. Shogirdlar bilib kelgach: «Beshta non va ikkita balig‘imiz bor»+,— deyishdi. 39  Bundan so‘ng Iso odamlarga yam-yashil o‘tlarga guruh-guruh bo‘lib yonboshlashlarini buyurdi+. 40  Ular 100 tadan va 50 tadan to‘da-to‘da bo‘lib yonboshlashdi. 41  Shunda Iso beshta nonni va ikkita baliqni oldi-da, osmonga qarab shukrona duosini aytdi+. Keyin nonlarni sindirib, xalqga tarqatishlari uchun shogirdlariga bera boshladi. Ikkita baliqni ham bo‘lib berdi. 42  Hamma yeb to‘ydi. 43  Qolgan burdalarni yig‘ishganida, baliqni hisobga olmaganda, to‘la 12 savat chiqdi+. 44  Non yegan erkaklarning soni 5 000 nafar edi. 45  Bundan keyin Iso shogirdlariga qayiqga o‘tirib narigi qirg‘oqga, Baytsayda tomonga suzib borishlarini buyurdi. O‘zi esa xaloyiqni kuzatish uchun qoldi+. 46  Ular bilan xayrlashib bo‘lgandan so‘ng, Iso ibodat qilish uchun tog‘ga chiqdi+. 47  Kech kirganda qayiq dengiz o‘rtasida edi, Iso bo‘lsa qirg‘oqda yolg‘iz turardi+. 48  Ularning qarshisidan kuchli shamol esayotgani uchun qayiqni zo‘rg‘a haydashayotganini ko‘rdi. Saharda* Iso dengiz ustida, shogirdlar tomon yo‘l oldi, lekin ularning yonidan go‘yo o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. 49  Shogirdlar uning dengiz ustida kelayotganini ko‘rib: «Bu sharpa!» — deb qattiq baqirib yuborishdi. 50  Sababi, uni ko‘rib hamma dovdirab qolgan edi. Lekin Iso darrov ularga: «Dadil bo‘linglar, bu menman. Qo‘rqmanglar»+,— dedi. 51  Keyin Iso ularning yoniga qayiqga chiqdi va shamol tindi. Shogirdlar hayron bo‘lib qotib qolishdi. 52  Chunki ular haligacha nonlar bilan nima yuz berganini anglashmasdi va buning ma’nosini tushunishmasdi. 53  Ular narigi qirg‘oqga suzib o‘tib, Genisaretga yetib kelishdi va o‘sha yerda to‘xtashdi+. 54  Biroq ular qayiqdan tushgan zahotiyoq, odamlar Isoni tanib qolishdi. 55  O‘sha atrofni aylanib chiqib, ular Isoning qayerga borishini eshitishsa, u yerga kasallarni to‘shakda keltirishdi. 56  Iso qaysi shaharlarga, qishlog‘-u ovullarga kirmasin, odamlar kasallarni bozor maydonlariga yotqizishardi. Ular hech bo‘lmaganda Isoning ustki kiyimining popugiga qo‘l tekkizishni+ undan yolvorib so‘rashardi. Qo‘l tekkizganlarning barchasi dardlaridan xalos bo‘lishardi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «mis chaqa».
Ya’ni Hirod Antipa. Lug‘atga q.
So‘zma-so‘z «Suvga cho‘mdiruvchi Yahyoning».
So‘zma-so‘z «tunning to‘rtinchi qorovulligida», ya’ni kechasi 3:00 dan taxminan 6:00 da quyosh chiqquncha.