Mixo 3:1-12
3 Men shunday dedim: «Ey Yoqub yo‘lboshchilari,Isroil xonadonining boshliqlari, iltimos, tinglang!+
Adolat nimaligini bilishingiz kerak emasmi?!
2 Sizlar esa yaxshilikdan nafratlanib+, yomonlikni yaxshi ko‘rasiz+.Xalqimning terisini shilib, etini suyagidan ajratib olasiz+.
3 Xalqimning etini yeyapsiz+,Terisini shilib olyapsiz.Doshqozonda pishiriladigan, qozonga solinadigan go‘shtday,Suyaklarini maydalab, nimtalab tashlayapsiz+.
4 O‘sha paytda Yahovadan yordam so‘raysiz,Biroq Undan javob olmaysiz.
Yovuz ishlar qilganingiz uchun+,Xudo sizlardan yuzini yashiradi+.
5 Bu payg‘ambarlar xalqimni yo‘ldan ozdiryapti+,Tishlab turib*+: “Tinchlik!” — deya jar solyapti+,
Ularning og‘ziga hech narsa solmaganlarga qarshi urush e’lon qilyapti. Shu sababli Yahova quyidagilarni aytmoqda:
6 “Sizlarda tun bo‘ladi+, vahiy kelmaydi+.Sizlar uchun faqat qorong‘ilik bo‘ladi, endi fol ochmaysiz.
Payg‘ambarlar ustida quyosh botadi,Kun ham ular uchun tunga aylanadi+.
7 Vahiylar aytib beruvchilar sharmanda bo‘ladi+,Fol ochadiganlarning umidi puchga chiqadi.
Allohdan javob kelmagani uchun,Uyalganidan ularning hammasi og‘zini* bekitadi”».
8 Men esa, Yoqubga uning isyoni, Isroilga gunohi to‘g‘risida aytish uchun,Yahovaning ruhi tufayli kuchga,Adolat-u jasoratga to‘ldim.
9 Ey, Yoqub xonadonining yo‘lboshchilari,Isroil xonadonining boshliqlari, iltimos, bunga quloq soling+:Sizlar adolatdan nafratlanib, to‘g‘ri bo‘lgan hamma narsani egri qilasiz+.
10 Xunrezlik qilib Sionni, adolatsizlik qilib Quddusni bunyod etdingiz+.
11 Uning rahnamolari pora olib hukm qiladi+,Ruhoniylari haq evaziga ta’lim beradi+,Payg‘ambarlari pul evaziga fol ochadi+.
Tag‘in Yahovaga tayanib*:
«Axir Yahova biz bilan-ku!+
Boshimizga musibat tushmaydi»,— deb aytishadi+.
12 Sizni debSion daladay shudgor qilinadi,Quddus xarobaga aylanadi+,Xudoning uyi joylashgan tog‘ qalin o‘rmonzor qoplagan tepalikday bo‘ladi+.
Izohlar
^ Boshqa variant «Og‘ziga chaynaydigan biror narsa solganda».
^ Yoki «mo‘ylovini».
^ Yoki «Yahovaga tayanayotganini pesh qilib».