Qonunlar 1:1-46
1 Iordan hududidagi sahroda, Suf ro‘parasidagi dashtlarda, Poron, Tofal, Lobon, Xazero‘t va Dizaxab orasida Muso Isroilning barcha o‘g‘illariga murojaat qildi.
2 (Seirning tog‘li hududi bo‘ylab yurganda, Xorevdan Kadesh-Barnagacha+ 11 kunlik yo‘l.)
3 Muso 40- yilning+ 11- oyida, oyning birinchi kunida Isroil o‘g‘illariga Yahovaning barcha yo‘l-yo‘riqlarini yetkazdi.
4 Muso bularni, Xashbonda istiqomat qilgan amoriylarning shohi Sixo‘nni+ hamda Ashtaro‘tda yashagan Bashan podshohi O‘gni+ Edreyda+ mag‘lub qilganidan keyin aytdi.
5 Iordan hududida, Mo‘ab yurtida Muso bunday deya Qonunni tushuntira boshladi+:
6 «Allohimiz Yahova Xorevda bizga shunday degan edi: “Sizlar ushbu tog‘li hududda anchadan beri yashayapsiz+.
7 Endi amoriylarning+ tog‘li hududiga va unga yaqin joylashgan hududlarga: Arabaga*+, o‘rtadagi tog‘li hududga, Shefela*, Nagav* hamda dengiz qirg‘og‘idagi hududga+, kan’onliklarning yurtiga boringlar. Livangacha*+ hamda buyuk Furot daryosigacha+ boringlar.
8 Mana, Men bu yurtni sizlarga beryapman. Boringlar-da, Yahova ota-bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq+, Yoqubga+ va shuningdek, ularning bo‘lajak zurriyotiga* beraman deb aytgan yurtga egalik qilinglar”+.
9 O‘shanda sizlarga bunday degan edim: “Bir o‘zim sizlarning og‘irliklaringizni ko‘tara olmayman+.
10 Tangringiz Yahova sizlarni ko‘paytirdi va bugunga kelib sizlar osmondagi yulduzlar kabi nihoyatda ko‘payib ketdingiz+.
11 Ota-bobolaringizning Xudosi Yahova sizlarni hozirgidan ham ming karra ko‘paytirsin+ hamda va’dasiga ko‘ra sizlarga baraka bersin+.
12 Yelkamdagi og‘irliklaringizni yolg‘iz o‘zim qanday ko‘tara olaman? Muammolaringiz-u mojarolaringizni qanday hal qila olaman?+
13 Qabilalaringiz orasidan dono, fahm-farosatli va tajribali erkaklarni tanlab olinglar. Ularni sizlarning ustingizdan bosh etib tayinlayman”+.
14 Sizlar esa: “Siz aytgandek qilish to‘g‘ri bo‘ladi”,— deb javob bergan edingiz.
15 O‘shanda men qabila boshlarini, dono va tajribali erkaklarni ustingizdan yo‘lboshchi sifatida mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi hamda qabila yetakchilari qilib tayinlagan edim+.
16 O‘sha paytda hakamlaringizga quyidagicha ko‘rsatma bergan edim: “Xalq orasidan biror kishi muammosi bilan oldingizga kelganda — bu xoh isroillik ikkita kishi orasidagi masala bo‘lsin, xoh isroillik bilan orangizda yashayotgan musofir+ o‘rtasidagi masala bo‘lsin — adolat bilan hukm chiqaringlar+.
17 Hukm chiqarayotganda tarafkashlik qilmanglar+. Obro‘li kishining arziga quloq solgandek, oddiy kishining ham arziga quloq solinglar+. Odamlardan qo‘rqmanglar+, chunki hukm chiqarganingizda Xudoning vakili sifatida xizmat qilasizlar+. Bordi-yu, masalani o‘zingiz hal etishga qiynalsangiz, uni menga aytinglar, o‘zim hal qilaman”+.
18 O‘shanda, qiladigan hamma ishlaringiz borasida men sizlarga yo‘l-yo‘riq bergan edim.
19 So‘ng Xorevdan chiqib, Xudoyimiz Yahovaning amriga ko‘ra, amoriylarning+ tog‘li hududiga olib boruvchi yo‘l bilan o‘zlaringiz ko‘rgan o‘sha ulkan hamda vahimali sahro+ bo‘ylab yo‘l yurib, nihoyat Kadesh-Barnaga yetib borgan edik+.
20 O‘sha yerda bunday degan edim: “Sizlar Tangrimiz Yahova bizga berayotgan amoriylarning tog‘li hududiga yetib keldingiz.
21 Mana, Allohingiz Yahova yurtni sizlarga berdi. Endi turinglar, ota-bobolaringizning Xudosi Yahova aytgandek yurtga egalik qilinglar+. Qo‘rqmanglar va dahshatga tushmanglar”.
22 Biroq hammangiz oldimga kelib: “O‘zimiz borishimizdan avval, o‘sha yurtga odamlarni yuboraylik. Ular o‘sha yurtni, bosib o‘tishimiz kerak bo‘lgan yo‘lni hamda biz bormoqchi bo‘lgan shaharlar qanday ekanini ko‘rib kelishsin”+,— degan edingizlar.
23 Bu taklifingiz menga ma’qul kelib, orangizdan 12 kishini, ya’ni har bir qabiladan bittadan kishini tanlagan edim+.
24 Ular tog‘li hududga yo‘l olib+, Eshko‘l vodiysiga borishgan va u yerni ko‘zdan kechirib kelishgan edi.
25 Ular o‘sha yurtning mevalaridan olib, oldimizga qaytib kelishganda: “Allohimiz Yahova bizga berayotgan yurt hosildor ekan”+,— deyishgan edi.
26 Ammo sizlar o‘sha yurtga borishdan bosh tortib, Xudoyimiz Yahovaning amriga qarshi isyon ko‘targan edingiz+.
27 O‘z chodirlaringizda ming‘irlab: “Yahova bizdan nafratlanadi. U bizni amoriylarning qo‘liga topshirib yo‘q qilish uchun, Misr yurtidan olib chiqqan.
28 Biz qayerga ketyapmiz? Birodarlarimiz: “U yerning odamlari bizga qaraganda ancha kuchli, bo‘ylari ham baland ekan. Shaharlari esa katta va osmono‘par* ekan+. U yerda biz Inoq avlodini+ ko‘rdik”— deb ruhimizni tushirishdi*”+,— degan edingizlar.
29 Shunda sizlarga quyidagilarni aytgan edim: “Ulardan qo‘rqmanglar va dahshatga tushmanglar+.
30 Tangringiz Yahova oldingizda boradi va Misrda ko‘z o‘ngingizda jang qilganidek+, sizlar uchun jang qiladi+.
31 Sahroda, shu yerga kelguningizga qadar, ota bolasini ko‘tarib yurganiday, Yahova ham sizlarni butun yo‘l davomida qo‘lida ko‘tarib yurganini ko‘rgansizlar”.
32 Biroq bularga qaramay, Allohingiz Yahovaga ishonmadingizlar+.
33 Axir U sizlardan oldin yurib, qarorgoh qurishingiz uchun qulay joyni ko‘zdan kechirardi. Yuradigan yo‘lingizni ko‘rsatib borish uchun, kechasi olov ichida, kunduzi esa bulut ichida zohir bo‘lardi+.
34 Butun vaqt mobaynida aytgan gaplaringizni Yahova eshitib keldi. Shu bois, U achchiqlanib, quyidagicha qasam ichdi+:
35 “Ushbu yovuz avloddan hech kimsa, Men otalaringizga qasam ichib beraman, deb aytgan yaxshi yurtni ko‘rmaydi+.
36 U yurtga Yafunax o‘g‘li Xolibgina kiradi. Xolib o‘sha yurtni ko‘radi va butun qalbi bilan Yahovaga ergashgani uchun, qadami yetgan yurtni o‘ziga va o‘g‘illariga beraman+.
37 (Sizlarning dastingizdan Yahova hatto mendan g‘azablanib shunday degan edi: “Sen ham u yurtga kirmaysan+.
38 Yoningda turgan Nun o‘g‘li Yoshua+ o‘sha yurtga kiradi+. Unga dalda ber*+, chunki u o‘sha yurtni egallash uchun Isroil o‘g‘illarini boshlab boradi”.)
39 Bundan tashqari, o‘lja bo‘ladi+ degan bolalaringiz, yaxshini yomondan ajrata olmaydigan o‘g‘illaringiz bu yurtga kiradi. Men bu yurtni egalik qilishlari uchun ularga beraman+.
40 Sizlar esa Qizil dengizga olib boradigan yo‘l bilan sahroga qaytib ketinglar”+.
41 Bunga sizlar: “Biz Yahovaga qarshi gunoh qildik. Endi Yahova buyurganidek boramiz-da, jang qilamiz!”— deb aytgan edingiz. Tog‘ga osonlikcha ko‘tarilamiz deb o‘ylab, har biringiz jang qurollarini olgan edingiz+.
42 Ammo Yahova menga: “Ularga shunday deb ayt: “Jang qilish uchun bormanglar, chunki Men sizlar bilan bo‘lmayman+. Agar borsangizlar, dushmanlaringiz sizlarni mag‘lub qiladi”,— degan edi.
43 Bu gaplarni aytganimda, gapimga quloq solmay, Yahovaning amriga qarshi borib, o‘zbilarmonlik qilib tog‘ga ko‘tarilishga uringan edingizlar.
44 Shunda tog‘larda yashovchi amoriylar sizlarga qarshi chiqib, xuddi asalarilar singari ketingizdan quvishgandi. Ular sizlarni Seirdan to Xo‘rmaxgacha ta’qib etishgan edi.
45 O‘shanda ortingizga qaytib, Yahovaning oldida yig‘lay boshlagan edingizlar. Biroq Yahova sizlarga quloq ham solmagan, e’tibor ham bermagan edi.
46 Shu tariqa, Kadeshda ancha payt yashab qoldingizlar.
Izohlar
^ Yoki «Lubnon». Ehtimol, Livan tog‘ tizmasi.
^ Yoki «janub».
^ Yoki «qir».
^ Yoki «dasht».
^ So‘zma-so‘z «urug‘iga».
^ Ya’ni minorali devorlari bor.
^ So‘zma-so‘z «yuragimizni eritishdi».
^ Boshqa variant «Xudo unga kuch ato etadi».