Qonunlar 16:1-22
16 Abib* oyini doimo yodda tutinglar va Xudoyingiz Yahovaga atalgan Fisih bayramini nishonlanglar+. Chunki abib oyida, kechasi Allohingiz Yahova sizlarni Misrdan olib chiqqan+.
2 Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joyda+ qoramol va qo‘y-echkilaringizdan+ Tangringiz Yahovaga Fisih qurbonligini olib kelinglar+.
3 Jonliqning go‘shtini xamirturushsiz non bilan yenglar. O‘sha yerda yetti kun mobaynida achitqi qo‘shilgan hech qanday narsani yemanglar+. Misrdan shoshilib chiqayotganingizda+ xamirturushsiz non yeganingiz kabi, ushbu yetti kun davomida ham faqat xamirturushsiz non yenglar. Shunday qilsangiz, azob tortgan davringiz yodingizga tushadi va Misrdan qanday ozod bo‘lganingizni hech qachon unutmaysizlar+.
4 Yashayotgan joylaringizda yetti kun davomida xamirturush bo‘lmasin+. Birinchi kun kechqurun qurbonlikka keltirilgan jonliqning go‘shtini ertalabgacha qoldirmanglar+.
5 Fisih qurbonligini Allohingiz Yahova sizlarga berayotgan shaharlarning hech birida keltirmanglar.
6 Qurbonlikni Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joyda keltiringlar. Fisih qurbonligini Misrdan chiqish uchun belgilangan vaqtda — quyosh botganidan keyin, oqshom payti keltiringlar+.
7 Xudoyingiz Yahova tanlagan joyda+ uni olovda pishirib yenglar+, ertalab esa o‘z chodirlaringizga qaytsangiz bo‘ladi.
8 Olti kun xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kuni Tangringiz Yahovaga atalgan tantanali yig‘in bo‘ladi. O‘sha kuni hech qanday ish qilmanglar+.
9 Dalangizdagi g‘allaga o‘roq solingan kundan boshlab yetti hafta sananglar+.
10 Keyin Allohingiz Yahova sizlarga bergan barakasiga qarab ixtiyoriy nazrlaringizni olib kelinglar+ va Xudoyingiz Yahovaga atab Hosil bayramini* nishonlanglar+.
11 Tangringiz Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joyda o‘zingiz, o‘g‘il-u qizingiz, qul va cho‘ringiz, shaharlaringizda yashayotgan levi, orangizda yashayotgan musofir, yetim va bevalar — barchangiz Allohingiz Yahovaning huzurida quvoninglar+.
12 Misrda qul bo‘lganingizni yodda tutinglar+. Bu qoidalarga amal qilib, ularni bajaringlar.
13 Xirmoningizga donni yig‘ishtirib bo‘lgach, zaytunsiqqichdan zaytun moyingizni va uzumsiqqichdan sharobingizni olib bo‘lganingizdan keyin yetti kun davomida Chaylalar bayramini* nishonlanglar+.
14 Bayram mobaynida o‘zingiz, o‘g‘il-u qizingiz, qul va cho‘ringiz, levi, musofir, yetim va bevalar, shaharlaringizda yashayotganlar — barchangiz quvoninglar+.
15 Yahova tanlagan joyda Xudoyingiz Yahova uchun yetti kun bayram qilinglar+. Tangringiz Yahova barcha hosilingizga va qilgan hamma ishingizga baraka beradi+ va sizlar hamisha xursand bo‘lasizlar+.
16 Yiliga uch marta — Xamirturushsiz non bayramida+, Hosil bayramida+ va Chaylalar bayramida+ — barcha erkaklaringiz Allohingiz Yahovaning huzurida turish uchun, U tanlagan joyga borishsin. Ulardan hech biri Yahovaning oldiga bo‘sh qo‘l bilan kelmasin.
17 Xudoyingiz Yahova sizlarga bergan barakasiga qarab har biri hadyalar olib kelsin+.
18 Tangringiz Yahova sizlarga berayotgan shaharlaringizdagi* har bir qabila ustidan hakamlar+ va boshliqlar tayinlanglar. Ular xalqqa hakamlik qilib, adolatli hukm chiqarishsin.
19 Adolatni buzmanglar+, tarafkashlik qilmanglar+, pora olmanglar. Chunki pora dononing ko‘zini ko‘r qiladi+, odil kishining so‘zini buzadi.
20 Adolat, faqat adolat payida bo‘linglar+. Shunda omon qolib, Xudoyingiz Yahova sizlarga berayotgan yurtga egalik qilasizlar.
21 Allohingiz Yahovaga atab qurgan qurbongohingizning yoniga sig‘inish uchun hech qanday daraxt o‘tqazmanglar+.
22 O‘zingiz uchun muqaddas tosh* ham o‘rnatmanglar+. Zero, Allohingiz Yahova bundan nafratlanadi.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «barcha darvozalaringiz ichkarisidagi».