Qonunlar 7:1-26

  • Yettita xalq yo‘q qilinadi (1-6)

  • Isroil tanlanganining sababi (7-11)

  • Itoatkorlik baraka keltiradi (12-26)

7  Tangringiz Yahova egallash uchun ketayotgan yurtga sizlarni olib borgach+, u yerdagi ko‘p sonli xalqlarni, sizlardan ko‘proq va kuchliroq bo‘lgan yettita xalqni+ — xetiylar, girgoshiylar, amoriylar+, kan’onliklar, pariziylar, xiviylar va yobusiylarni+ oldingizdan quvib chiqaradi+.  Xudoyingiz Yahova ularni qo‘lingizga topshiradi va sizlar ularni mag‘lub etasizlar+. Ularni albatta yo‘q qilinglar+. Ular bilan ahdlashmanglar, ularga rahm ham qilmanglar+.  Ular bilan quda-andachilik qilmanglar. Qizlaringizni o‘g‘illariga uzatmanglar, ularning qizlarini ham o‘g‘illaringizga olib bermanglar+.  Aks holda, ular farzandlaringizni Xudoning yo‘lidan qaytarib, boshqa xudolarga xizmat qilishga og‘diradi+. Shunda sizlarga qarshi Yahovaning g‘azabi qaynab, sizlarni tezda qirib tashlaydi+.  Ular bilan mana bunday yo‘l tutinglar: qurbongohlarini qulatinglar, muqaddas toshlarini* sindirib+, muqaddas ustunlarini* kesib tashlanglar+, o‘yma butlarini esa yondirib yuboringlar+.  Chunki sizlar Allohingiz Yahovaning muqaddas xalqisizlar. Xudoyingiz Yahova yer yuzidagi barcha xalqlar ichidan sizlarni O‘z xalqi sifatida tanlab, o‘zgacha* mulki qilib oldi+.  Yahova sizlarga ko‘ngil bog‘lab, tanlab olganining+ sababi barcha boshqa xalqlardan ko‘proq bo‘lganingizda emas. Chunki sizlar o‘zga xalqlarga qaraganda kamroqsizlar+.  Aksincha, Yahova sizlarni sevgani va ota-bobolaringizga qasam ichib bergan so‘zida turgani uchun tanlab oldi+. Shu bois, Yahova sizlarni Misr fir’avnining qo‘lidan, sizlar qul bo‘lgan yurtdan* ozod etib, qudratli qo‘li bilan olib chiqdi+.  Sizlar Tangringiz Yahova haq va ishonchli Xudo ekanini, ahdini buzmaydigan va Uni sevib amrlarini bajaradiganlarning minglarcha avlodlariga mehr-sadoqatini namoyon etadigan Alloh ekanini yaxshi bilasizlar+. 10  Undan nafratlanadiganlarga esa qilmishlariga yarasha ochiqchasiga* javob qaytarib, yo‘q qiladi+. Xudo Undan nafratlangan kishilarga qilmishlariga yarasha ochiqchasiga tezda javob qaytaradi. 11  Shunday ekan, men bugun sizlarga buyurgan amrlar-u qonun-qoidalarga amal qilib, ularni bajaringlar. 12  Agar shu qoidalarga quloq solsangizlar va ularga amal qilib, bajarsangizlar, Allohingiz Yahova qilgan ahdini buzmaydi hamda ota-bobolaringizga bergan so‘ziga muvofiq, mehr-sadoqatini ko‘rsatadi. 13  U sizlarni sevib, barakasini yog‘diradi va ko‘paytiradi. Ota-bobolaringizga beraman deb qasam ichgan yurtda+ sizlarga barakasini yog‘dirib, serfarzand* qiladi+, yeringizni unumdor qilib, g‘allangizni, yangi sharobingizni, moyingizni+, podangizdagi buzoqlarni va suruvingizdagi qo‘zilarni ko‘paytiradi. 14  Sizlar boshqa xalqlarga qaraganda ko‘proq baraka topasizlar+. Orangizda befarzand erkak yoki ayol bo‘lmaydi, hech bir molingiz ham qisir qolmaydi+. 15  Yahova sizlarni barcha xastaliklardan forig‘ etadi. Misrda sizlar bilgan dahshatli kasalliklarning birortasini ham yo‘latmaydi+, ularni sizlardan nafratlanganlarning boshiga soladi. 16  Xudoyingiz Yahova qo‘lingizga bergan xalqlarning barini yo‘q qilinglar+. Ularga rahmingiz kelmasin+ va tuzoqga tushib qolmaslik uchun+ ularning xudolariga xizmat qilmanglar+. 17  Agar: “Bu xalqlar bizdan ancha ko‘p-ku, qanday qilib ularni haydab chiqaramiz?”+ — deb ko‘nglingizdan o‘tkazsangizlar, 18  ulardan qo‘rqmanglar+. Tangringiz Yahova fir’avn va butun Misr yurti bilan nima qilganini eslanglar+. 19  Allohingiz Yahova ko‘z o‘ngingizda buyuk hukmlarni*, alomatlar-u mo‘jizalarni ko‘rsatib+, O‘zining kuchli bilagi va qudratli qo‘li bilan sizlarni o‘sha yerdan olib chiqqan edi+. Tangringiz Yahova sizlar qo‘rqayotgan xalqlar bilan ham shunday yo‘l tutadi+. 20  Omon qolgan yoki sizlardan yashiringanlar qirilib ketmaguncha, Allohingiz Yahova ularni tushkun ahvolga* soladi+. 21  Ulardan dahshatga tushmanglar, chunki buyuk va mahobatli Xudoyingiz Yahova+ sizlar bilan+. 22  Tangringiz Yahova bu xalqlarni oldingizdan asta-sekin haydab chiqaradi+. Yurt kimsasiz qolib, yovvoyi hayvonlar ko‘payib ketmasligi va sizlarga ziyon yetkazmasligi uchun, bu xalqlarni tezda yo‘q qilib yubormaysizlar. 23  Allohingiz Yahova ularni qo‘lingizga topshiradi va butunlayin mag‘lub etib, qirib tashlaydi+. 24  Ularning shohlarini qo‘lingizga topshiradi+ va sizlar ularning ismlarini yer yuzidan* o‘chirib tashlaysizlar+. Ularni yo‘q qilib yubormaguningizcha+, hech kim sizlarga qarshilik ko‘rsata olmaydi+. 25  Xudolarining o‘yma tasvirlarini olovda kuydirib yuboringlar+. Tuzoqga tushib qolmaslik uchun, ulardagi kumush va oltinga havas qilib, ularni olmanglar+. Chunki bular, Tangringiz Yahova uchun jirkanch narsadir+. 26  Jirkanch narsalar bilan birga yo‘q bo‘lib ketmaslik uchun, ularni uylaringizga olib kirmanglar. Ularga o‘ta jirkanch narsadek qarab, qattiq nafratlaninglar, chunki ular yo‘q qilinadigan* narsalardir.

Izohlar

Yoki «qimmatbaho».
So‘zma-so‘z «qullar uyidan».
So‘zma-so‘z «yuzlariga».
So‘zma-so‘z «bachadoning mevasini barakali qiladi».
Yoki «sinovlarni».
Boshqa variant «vahimaga; qo‘rquvga».
So‘zma-so‘z «osmon ostidan».
So‘zma-so‘z «yo‘q qilishga bag‘ishlangan». Ibroniycha ushbu ibora nomunosib tarzda foydalanishdan saqlash va ko‘pincha tamomila yo‘q qilish uchun ajratib qo‘yish degan ma’noga ega.