Rimliklarga 15:1-33

  • Masih kabi bir-biringizni qabul qiling (1-13)

  • Pavlus o‘zga xalqlar uchun xizmatchi (14-21)

  • Pavlusning safarlari bilan bog‘liq rejalari (22-33)

15  Imonda mustahkam turgan bizlar, imoni zaif bo‘lganlarning ojizligini ko‘tarishimiz kerak+. Faqat o‘z manfaatimizni o‘ylamasdan+,  har birimiz o‘z yaqinimizning foydasini ko‘zlab, uning mustahkamlanishi uchun ko‘nglini topaylik+.  Axir Masih ham o‘ziga ma’qul bo‘lgan ishlarni qilmagan+, ammo Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Seni tahqirlovchilarning haqoratlari boshimga yog‘ildi»+.  Qadimda Muqaddas Yozuvlarda aytilgan barcha narsalar nasihat olishimiz uchun yozilgan+. Toki ular tufayli sabr-bardoshli bo‘lib+ hamda tasalli topib, umidga ega bo‘laylik+.  Shu yo‘sin, sabr-bardosh va tasalli baxsh etadigan Alloh vositasida Iso Masih kabi fikr yuritinglar.  Natijada sizlar Hazratimiz Iso Masihning Otasi bo‘lmish Xudoni bir ovozdan yakdillikda+ ulug‘langlar.  Shunday ekan, Tangrini sharaflash uchun Masih sizlarni qabul qilganidek+, sizlar ham bir-biringizni qabul qilinglar+.  Shuni aytmoqchimanki, Allohning haqligini va U ota-bobolarimizga bergan va’dani+ amalga oshirishini tasdiqlash uchun, Masih sunnatlilarning xizmatkori bo‘ldi+.  Shuningdek, boshqa xalqlar ham Xudoni rahm-shafqati uchun ulug‘lashsin+. Muqaddas Yozuvlarda bu haqda shunday deyilgan: «Shu bois, xalqlar orasida Seni ochiq tan olib, ismingga atab madhlar kuylayman»+. 10  Yana shunday deyilgani ham bor: «Ey xalqlar, Uning xalqi bilan birga quvoninglar»+. 11  Tag‘in: «Ey millatlar, Yahovani* madh eting! Ha, hamma odamlar Unga maqtovlar aytsin»+,— deb aytilgan. 12  Boshqa oyatda Ishayo payg‘ambar: «Essayning tomiri paydo bo‘lib+, xalqlar ustidan boshqarish uchun keladi+ va xalqlar unga umid bog‘laydilar»+,— degan. 13  Muqaddas ruhning kuchi bilan umidga boy bo‘lishingiz uchun, umid manbai bo‘lmish Tangri Unga ishonganingiz tufayli sizlarga quvonch va tinchlikni mo‘l-ko‘l ato etsin+. 14  Birodarlar, yaxshi ishlarga boy ekaningizni va bilimlaringiz yetarli bo‘lgani uchun bir-biringizga nasihat qila olishingizni men yaxshi bilaman. 15  Biroq Xudoning menga ko‘rsatgan inoyatiga ko‘ra, ba’zi bir masalalar to‘g‘risida ochiqchasiga yozib, sizlarga yana bir bor eslatyapman. 16  Ushbu inoyat menga o‘zga xalqlar uchun Iso Masihning xizmatchisi bo‘lib+, Allohning xushxabarini e’lon qilishim uchun ko‘rsatildi. Toki bu muqaddas xizmatda ishtirok etib, xalqlarni Tangriga ma’qul keladigan+, muqaddas ruh bilan tabarruk qilingan nazr sifatida taqdim etayin. 17  Xudo topshirgan ishga kelsak, Iso Masihning izdoshi tariqasida quvonishimga asos bor. 18  Mening ishlarim va so‘zlarim orqali xalqlarni itoatli qilish uchun Masih mening vositamda qilgan ishlardan boshqa hech narsa bilan maqtana olmayman. Chunki bularni men 19  alomat va g‘aroyibot kuchi+ hamda Xudo ruhining qudrati bilan qildim. Shu yo‘sin, men Quddusdan to Illirikagacha bo‘lgan hududdan o‘tib, Masih to‘g‘risidagi xushxabarni butunlayin va’z etib chiqdim+. 20  Buning ustiga, o‘zganing poydevorida qurmaslik uchun, Masihning ismi eshitilgan joylarda xushxabarni e’lon etmaslikni maqsad qilib oldim. 21  Boisi, Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «U haqda bexabar bo‘lganlar uni ko‘rishadi va u to‘g‘risida eshitmaganlar anglab yetishadi»+. 22  Mana nima sababdan ko‘p uringan bo‘lsam-da, oldi-ngizga kela olmaganman. 23  Endi esa shu viloyatlarda oyog‘im yetmagan joylar qolmagani bois, ko‘p yillardan* beri oldingizga borish niyatidaman. 24  Ispaniyaga otlanganimda yo‘l-yo‘lakay sizlar bilan ko‘rishib, muloqotimizdan bahra olganimdan so‘ng meni u yerga kuzatib qo‘yasizlar, degan umiddaman. 25  Hozir bo‘lsa men muqaddas kishilarga xizmat qilish uchun Quddusga jo‘nayapman+. 26  Zero Makedoniya va Axayada yashovchilar Quddusdagi muqaddas kishilar orasidagi muhtojlarga chin ko‘ngildan xayr-ehson berib yuborishdi+. 27  Ha, garchi ularga qarzdor bo‘lishsa-da, buni bajonidil qilishdi. Axir o‘zga xalqlar muqaddas kishilarning ma’naviy barakalariga sherik bo‘lishgan-ku. Demak, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga ham burchlidirlar+. 28  Ular uchun to‘plangan bu ehsonlarni eson-omon ularga yetkazganimdan keyin, sizlar orqali Ispaniyaga o‘tib ketaman. 29  Ustiga-ustak, sizlarnikiga kelganimda, Masihdan olgan mo‘l-ko‘l barakalarni sizlarga yetkazishimni bilaman. 30  Birodarlar, Hazratimiz Iso Masihning nomi haqqi hamda muqaddas ruhdan kelib chiqqan muhabbat bilan sizlardan o‘tinib so‘rayman: men bilan birga va men uchun zo‘r berib Allohga ibodat qilinglar+. 31  Toki men Yahudiyadagi Isoga ishonmaydigan kishilarning qo‘liga tushib qolmay+ va Quddusdagi muqaddas kishilarga qilgan xizmatim ma’qul bo‘lsin+. 32  Xullasi kalom, Xudo xohlasa sizlarnikiga quvonch bilan kelaman va hammamiz dalda olamiz. 33  Tinchlik ato etuvchi Alloh sizlar bilan birga bo‘lsin+. Omin.

Izohlar

Boshqa variant «bir necha yildan».