Sahroda 19:1-22

  • Qizil g‘unajin va poklaydigan suv (1-22)

19  Yahova Muso bilan Horunga yana shunday dedi:  «Yahova amr etgan qonun quyidagilardan iborat: “Isroil o‘g‘illariga aytinglar, ular sizlar uchun sog‘lom va nuqsonsiz+, bo‘yinturuq solinmagan qizil g‘unajinni olib kelishsin.  Uni ruhoniy Elazarga beringlar va u g‘unajinni qarorgoh tashqarisiga olib chiqsin. G‘unajin uning oldida so‘yilsin.  Elazar g‘unajin qoniga barmog‘ini botirib, uchrashuv chodirining kiraverishi tomonga yetti marta sachratsin+.  So‘ng g‘unajin uning ko‘z oldida kuydirilsin. G‘unajinning terisi, go‘shti va go‘ngi bilan birga qoni ham kuydirilsin+.  Ruhoniy kedr daraxtining novdasini, issopni*+ va qirmizi ipni olib, g‘unajin kuydirilayotgan olovga tashlasin.  Keyin ruhoniy kiyimlarini yuvib, cho‘milib olsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kirishi mumkin. Lekin ruhoniy kechqurungacha nopok bo‘ladi.  G‘unajinni kuydirgan kishi ham kiyimlarini yuvib, cho‘milib olsin. U kechqurungacha nopok bo‘ladi.  Pok odam g‘unajinning kulini yig‘ishtirib olib+, uni qarorgoh tashqarisidagi toza joyda saqlab qo‘ysin. Isroil o‘g‘illarining jamoasi ham poklaydigan suv tayyorlash uchun kulni asrab qo‘ysin+. Bu — gunoh qurbonligi. 10  G‘unajinning kulini yig‘ishtirib olgan kishi ham kiyimlarini yuvib, cho‘milib olsin. U kechqurungacha nopok bo‘ladi. Bu sizlar uchun ham, sizlar bilan yashayotgan musofir uchun ham asrlar osha qoida bo‘lsin+. 11  Kimki odam murdasiga tegsa, yetti kun nopok bo‘ladi+. 12  O‘sha kishi uchinchi kuni o‘zini suv bilan poklasin va yettinchi kun u toza bo‘ladi. Bordi-yu, uchinchi kuni o‘zini poklamasa, yettinchi kuni toza bo‘lmaydi. 13  Kimki odam murdasiga tegib o‘zini poklamasa, u Yahovaning muqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi+. Bunday kishi Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin+. Chunki poklaydigan suv+ unga sepilmagan va u nopok bo‘lib qolaveradi. Uning nopokligi o‘zida qoladi. 14  Biror kishi chodirda vafot etganda qo‘llaniladigan qonun quyidagichadir: kimki chodirga kirsa yoki o‘sha paytda chodirda bo‘lsa, u yetti kun nopok bo‘ladi. 15  Chodirdagi qopqog‘i ip bilan mahkamlanmagan har qanday og‘zi ochiq idish nopok bo‘ladi+. 16  Kimki dalada qilich bilan o‘ldirilgan odamga yoki jasadga, odam suyagiga yoki qabrga tegsa, yetti kun nopok bo‘ladi+. 17  Nopok bo‘lib qolgan odamni pok qilish uchun, gunoh qurbonligining kulidan bir oz olib idishga solinsin va ichiga buloq suvi quyilsin. 18  So‘ng pok odam+ issopni+ olib suvga botirsin va chodirga, barcha idishlarga, o‘sha yerda bo‘lgan odamlarga, shuningdek odam suyagiga, o‘ldirilgan odamga, jasadga yoki qabrga tekkan kishiga sachratsin. 19  Pok inson uchinchi va yettinchi kunlari nopok kishiga suvni sachratsin va u yettinchi kuni o‘sha insonni gunohdan forig‘ etsin+. Keyin poklanayotgan kishi kiyimlarini yuvib, cho‘milib olsin. Kechqurun u pok bo‘ladi. 20  Biroq nopok bo‘lib qolib, o‘zini poklamagan kishi jamoat ichidan yo‘q qilinsin+, chunki u Yahovaning muqaddas maskanini bulg‘adi. Poklaydigan suv uning ustiga sepilmagani sababli, u nopokdir. 21  Quyidagilar ular uchun asrlar osha qoida bo‘lib qolsin: poklaydigan suvni sachratgan kishi+ ham kiyimlarini yuvsin. Poklaydigan suvga tekkan inson kechqurungacha nopok bo‘ladi. 22  Nopok kishi tekkan har qanday narsa nopok bo‘ladi. Shu narsaga tekkan inson ham kechqurungacha nopok bo‘ladi”+».

Izohlar