Sahroda 23:1-30

  • Balomning 1- duosi (1-12)

  • Balomning 2- duosi (13-30)

23  So‘ng Balom Boloqqa: «Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib+, yettita buqa va yettita qo‘chqor tayyorlab qo‘ying»,— dedi.  Boloq darhol Balom aytganday qildi. Keyin Boloq bilan Balom har bir qurbongohda bittadan buqani va bittadan qo‘chqorni qurbonlikka keltirishdi+.  Undan keyin Balom Boloqqa: «Kuydirilgan qurbonligingiz oldida turing, men esa boray-chi, balki Yahova men bilan gaplashar. U menga nimani ma’lum qilsa, sizga aytib beraman»,— dedi. So‘ng Balom tepalikka chiqdi.  Xudo Balom bilan gaplashdi+. Balom Unga: «Men yettita qurbongohni bir qatorga o‘rnatib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbon qildim»,— dedi.  Yahova mana bu so‘zlarni Balomning og‘ziga solib+, unga: «Boloqning yoniga qaytib bor-da, quyidagilarni yetkaz»,— dedi.  Balom orqaga qaytdi. Qarasa, Boloq hamda Mo‘abning hamma beklari kuydirilgan qurbonlik oldida turishgan ekan.  So‘ng u shunday deb gap boshladi+: «Mo‘ab shohi Boloq, meni Oromdan+,Sharq tog‘laridan: “Kelib Yoqubni la’natla. Ha, Isroilni hukm qilgani kel”+,— deya boshlab keldi.   Tangri la’natlamaganlarni men qanday la’natlayin? Yahova hukm qilmaganlarni qanday hukm qilayin?+   Qoyalar ustidan men ularni ko‘rdim,Tepaliklar ustidan ularni ko‘rdim. Ular bir xalq bo‘lib alohida yashar+.Ular qo‘shmas o‘zini boshqa xalqlar qatoriga+. 10  Yoqubning qumday ko‘p olomonin kim sanay olar?!+Isroilning chorak qismini kim hisoblay olar?! Qaniydi, o‘lsam men to‘g‘rilar kabi,Oxiratim bo‘lsaydi ularnikiday». 11  Shunda Boloq Balomga: «Bu nima qilganing? Men seni dushmanlarimni la’natla, deb boshlab kelsam-u, sen bo‘lsa nuqul ularni duo qilib yotibsan»+,— dedi. 12  U esa: «Yahova og‘zimga solgan so‘zlarni gapirishim kerak emasmi?»+ — deb javob berdi. 13  Boloq esa unga: «Iltimos, men bilan yur. Ularni ko‘ra olishing uchun seni boshqa joyga olib boraman. Sen u yerdan ularning hammasini emas, faqat bir qismini ko‘rasan. O‘sha yerdan turib ularni men uchun la’natla»+,— dedi. 14  Boloq uni Fisgax cho‘qqisidagi+ Zo‘fim degan joyga olib bordi va yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongohda bittadan buqani va bittadan qo‘chqorni qurbon qildi+. 15  Shunda Balom Boloqqa: «Men naryoqda U bilan gaplashib kelgunimcha, kuydirilgan qurbonligingiz oldida turing»,— dedi. 16  So‘ng Yahova Balom bilan gaplashib, aytadigan so‘zlarini uning og‘ziga soldi-da+: «Boloqning yoniga qaytib bor-da, quyidagilarni yetkaz»,— dedi. 17  Balom Boloqning oldiga kelganida, u kuydirilgan qurbonligi oldida turganini, Mo‘ab beklari ham u bilan birga ekanini ko‘rdi. Boloq undan: «Yahova senga nima dedi?» — deb so‘radi. 18  U shunday deb gap boshladi+: «Ey Boloq, o‘rningdan tur va tingla. Ey Zippur o‘g‘li, menga quloq sol. 19  Alloh inson emaski yolg‘on gapirsa+,Inson o‘g‘li emaski fikridan qaytsa*+. Nahotki U aytganini bajarmay qo‘ysa?! Nahotki so‘zlarini ro‘yobga chiqarmasa?!+ 20  Mana, men duo qilish uchun olib kelinganman.U barakasini berdi+ va men buni o‘zgartira olmayman+. 21  U Yoqubga qarshi sehrli kuch ishlatilishiga,Isroilning boshiga kulfat tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tangrisi Yahova u bilandir+,U ularning orasida shoh deb e’lon qilingan. 22  Xudo ularni Misrdan olib chiqdi+. U ular uchun yovvoyi buqaning shoxlari kabidir+. 23  Yoqubga qarshi hech qanday duoyi bad yo‘qdir+,Isroilga qarshi hech qanday fol yo‘qdir+. Endi Yoqub bilan Isroil haqida: “Allohning buyuk ishiga bir qarang!” — deb aytishar. 24  Mana, sherga o‘xshab o‘rnidan turadigan xalq,U arslondek o‘rnidan ko‘tariladi+. O‘ljasini yeb bitirmaguncha,O‘ldirilganlarning qonini ichib qonmaguncha yotmaydi». 25  Shunda Boloq Balomga: «Agar la’nat aytolmasang, hech bo‘lmaganda duo ham qilmagin!» — dedi. 26  Balom unga: «Men sizga: Yahova menga nima desa shuni qilaman, demaganmidim?»+ — deb javob berdi. 27  Boloq esa Balomga: «Iltimos, men bilan yur, seni boshqa joyga olib boraman. Balki haq Tangri bu xalqni men uchun o‘sha joyda la’natlashingni ma’qul ko‘rar»+,— deb aytdi. 28  Boloq Balomni olib, Yishmon* manzarasi+ ko‘rinadigan Piyor tepaligiga chiqdi. 29  So‘ng Balom Boloqqa: «Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qo‘chqor tayyorlab qo‘ying»+,— dedi. 30  Boloq Balom aytganday qildi va har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbon qildi.

Izohlar

Yoki «afsuslansa».
Boshqa variant «cho‘l; sahro».