Sahroda 27:1-23
27 Bundan so‘ng, Yusufning o‘g‘li Manashening qabilasidan bo‘lgan Zalofxodning qizlari+ kelishdi. Zalofxod Xaferning, Xafer Giladning, Gilad esa Moxirning o‘g‘li edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
2 Ular uchrashuv chodirining kiraverishida Muso bilan ruhoniy Elazarning, yo‘lboshchilarning+ va butun jamoaning qarshisida turib shunday deyishdi:
3 «Otamiz sahroda qazo qilgan. Lekin u kishi Ko‘raxning tarafdorlari+ bilan birga Yahovaga qarshi chiqqan to‘daning orasida bo‘lmagan va isyonkorlik dastidan o‘lmagan*. Otamiz o‘g‘il ko‘rmay o‘tib ketgan.
4 O‘g‘li bo‘lmagani uchun otamizning ismi o‘z qabilasi orasidan o‘chib ketaveradimi? Otamizning aka-ukalari orasidan bizga ham yer bering».
5 Shunda Muso ularning masalasini Yahovaning oldida bayon etdi+.
6 Bunga javoban Yahova Musoga dedi:
7 «Zalofxodning qizlari haq. Ularga amakilari orasidan meros sifatida yer berib, otasining merosini ularga o‘tkaz+.
8 Isroil o‘g‘illariga esa bunday deb ayt: “Bordi-yu, biror kishi o‘g‘il ko‘rmay o‘tib ketsa, uning merosini qiziga beringlar.
9 Agar qizi ham bo‘lmasa, uning merosini aka-ukalariga beringlar.
10 Mabodo aka-ukalari ham yo‘q bo‘lsa, uning merosini amakilariga beringlar.
11 Bordi-yu, amakilari ham bo‘lmasa, unda merosini eng yaqin qon-qarindoshiga beringlar va meros o‘sha kishiniki bo‘lsin. Yahova Musoga buyurganiday, ushbu qaror Isroil o‘g‘illari uchun qonun bo‘lib xizmat qilsin”».
12 Yahova Musoga yana shunday dedi: «Aborimdagi tog‘ga+ chiqib, Men Isroil xalqiga beradigan yurtga nazar tashla+.
13 O‘sha yurtni ko‘zdan kechirgach, akang Horun singari+ sen ham o‘z xalqingga qo‘shilasan*+.
14 Chunki Zin sahrosida butun jamoa Men bilan janjallashganda, sizlar suv masalasida ularning oldida Meni muqaddas qilish haqidagi buyrug‘imga qarshi chiqdingiz+. (Bu, Zin sahrosida+ joylashgan Kadeshdagi+ Mariva suvlari+ edi)».
15 Muso bo‘lsa Yahovaga:
16 «Insoniyatga hayot ato etuvchi* Tangri Yahova jamoa ustidan biror kishini tayinlasin.
17 Bu kishi barcha narsada ularni boshqarib, hamma ishlarida ularga yo‘l-yo‘riq berib turadi. Shunda Yahovaning jamoasi cho‘ponsiz qo‘ylarday bo‘lib qolmaydi»,— deb aytdi.
18 Yahova Musoga javob berib, dedi: «Qobiliyatli* kishini, Nun o‘g‘li Yoshuani olib kelib, boshiga qo‘lingni qo‘y+.
19 Uni ruhoniy Elazar bilan butun jamoa qarshisiga turg‘izib, ularning oldida yo‘lboshchi etib tayinla+.
20 Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi unga quloq solishi uchun+, o‘z vakolatingdan* unga ham ber+.
21 U ruhoniy Elazarning oldida turadi. Elazar bo‘lsa urim*+ orqali u uchun Yahovaning qarorini so‘rab beradi. Uning ko‘rsatmasiga* hamma — Yoshua ham, butun Isroil xalqi ham amal qiladi».
22 Muso hammasini Yahova buyurganday qildi. U Yoshuani olib, ruhoniy Elazar bilan butun jamoa qarshisiga turg‘izdi.
23 So‘ng Yahovaning Musoga bergan amriga binoan+, qo‘lini uning boshiga qo‘yib, yo‘lboshchi etib tayinladi+.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «o‘z gunohi uchun vafot etgan».
^ Bu ibora orqali o‘lim, she’riy tarzda ifodalangan.
^ So‘zma-so‘z «barcha tanalarning ruhi manbai».
^ So‘zma-so‘z «ruhi bor bo‘lgan».
^ Yoki «shuhratingdan».
^ Yoki «Xudoning ko‘rsatmasiga». Bu ko‘rsatma, Yoshua yoki Elazar orqali berilgan bo‘lishi mumkin.