Sahroda 29:1-40

  • Turli nazrlar keltirish tartibi (1-40)

    • Karnay chalish kuni keltiriladigan nazrlar (1-6)

    • Gunohni yuvish kuni keltiriladigan nazrlar (7-11)

    • Chaylalar bayramida keltiriladigan nazrlar (12-38)

29  Yettinchi oyning birinchi kuni muqaddas yig‘in o‘tkazinglar. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar+. Bu kuni karnay chalinglar+.  Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush* hidli qurbonlikka nuqsonsiz bitta yosh buqa, bitta qo‘chqor va har biri bir yashar yettita erkak qo‘zi olib kelinglar.  Buqa uchun don nazri sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli unni, qo‘chqor uchun efaning o‘ndan ikki qismiga teng unni,  yettita erkak qo‘zining har biri uchun efaning o‘ndan bir qismiga teng keladigan unni nazr qilinglar.  Gunohingizni yuvish uchun esa, gunoh qurbonligi sifatida bitta yosh takani olib kelinglar.  Ularni har oy keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazriga+ va muntazam olib kelinadigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri+ va ichimlik nazrlariga+ qo‘shib olib kelinglar. Bularning barini qoidaga binoan, Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida keltiringlar.  Ushbu yettinchi oyning o‘ninchi kuni muqaddas yig‘in o‘tkazinglar+ va gunohlaringizdan pushaymon ekaningizni ko‘rsatinglar*. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar+.  Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli qurbonlikka nuqsonsiz+ bitta yosh buqa, bitta qo‘chqor va har biri bir yashar yettita erkak qo‘zi olib kelinglar.  Buqa uchun don nazri sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli unni, qo‘chqor uchun efaning o‘ndan ikki qismiga teng unni, 10  yettita erkak qo‘zining har biri uchun efaning o‘ndan bir qismiga teng keladigan unni nazr qilinglar. 11  Gunohni yuvish uchun keltiriladigan qurbonlik+, muntazam olib kelinadigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazrlaridan tashqari, gunoh qurbonligi sifatida bitta yosh takani olib kelinglar. 12  Yettinchi oyning 15- kuni muqaddas yig‘in o‘tkazinglar. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar, yetti kun davomida Yahovaga atab bayram qilinglar+. 13  Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida kuydiriladigan qurbonlikka+ nuqsonsiz+ 13 ta yosh buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 14  Har bir 13 ta buqa uchun don nazri sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli unni, 2 ta qo‘chqor uchun efaning o‘ndan ikki qismiga teng unni 15  va 14 ta erkak qo‘zining har biri uchun efaning o‘ndan bir qismiga teng keladigan unni nazr qilinglar. 16  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta yosh taka olib kelinglar. 17  Ikkinchi kuni nuqsonsiz+ 12 ta yosh buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 18  Shuningdek, buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 19  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazrlariga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta yosh taka olib kelinglar. 20  Uchinchi kuni nuqsonsiz+ 11 ta buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi keltiringlar. 21  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 22  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta yosh taka olib kelinglar. 23  To‘rtinchi kuni nuqsonsiz+ 10 ta buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 24  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 25  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta yosh taka olib kelinglar. 26  Beshinchi kuni nuqsonsiz+ 9 ta buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 27  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 28  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta taka olib kelinglar. 29  Oltinchi kuni nuqsonsiz+ 8 ta buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 30  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 31  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazrlariga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta taka olib kelinglar. 32  Yettinchi kun nuqsonsiz+ 7 ta buqa, 2 ta qo‘chqor va har biri bir yashar 14 ta erkak qo‘zi olib kelinglar. 33  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 34  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta taka olib kelinglar. 35  Sakkizinchi kuni tantanali yig‘in o‘tkazinglar. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar+. 36  Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida kuydiriladigan qurbonlikka nuqsonsiz+ bitta buqa, bitta qo‘chqor va har biri bir yashar yettita erkak qo‘zi olib kelinglar. 37  Buqalar, qo‘chqorlar va erkak qo‘zilarning soniga yarasha, qoidaga binoan don nazri bilan ichimlik nazrlari keltiringlar. 38  Muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bilan don nazri va ichimlik nazriga+ qo‘shib, gunoh qurbonligi uchun bitta taka olib kelinglar. 39  Qasam nazri+ va ixtiyoriy nazrlaringiz+: kuydiriladigan qurbonliklar+, don nazrlari+, ichimlik nazrlari+ va tinchlik qurbonliklaridan+ tashqari, mavsumiy bayramlaringizda+ Yahovaga atab shu qurbonliklarni keltiringlar”». 40  Muso Yahova buyurgan barcha narsani Isroil o‘g‘illariga aytdi.

Izohlar

Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
Bu, ro‘za tutishni va shu kabi cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin.