Sahroda 32:1-42

  • Iordan sharqidagi mulk qilib berilgan yerlar (1-42)

32  Ruben+ va Gad+ o‘g‘illarining chorvasi nihoyatda ko‘p edi. Ular Yazir+ va Gilad yerlari chorva uchun yaxshi joy ekanini ko‘rishdi.  Ruben va Gad o‘g‘illari Musoning, ruhoniy Elazarning hamda jamoa yo‘lboshchilarining oldiga kelib:  «Otaro‘t, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon+, Elaley, Savom, Navo+ va Bayo‘n+ yerlarini ko‘rdik.  Isroil jamoasining ko‘zi oldida Yahova mag‘lub qilgan bu yurt+ chorva boqishga yarar ekan. Biz xizmatkorlaringizning esa chorvasi ko‘p»+,— deb aytishdi.  Ular gapini davom ettirib: «Agar nazaringizda iltifot topgan bo‘lsak, mana shu yurt biz xizmatkorlaringizga mulk qilib berilsin. Bizni Iordanning narigi tomoniga o‘tkazmay qo‘yaqolinglar»,— deyishdi.  Muso esa Gad va Ruben o‘g‘illariga quyidagicha javob berdi: «Birodarlaringiz urushga borgan bir paytda, sizlar shu yerda yashamoqchimisizlar?  Nega sizlar Iordanning narigi tomoniga, Yahova berayotgan yurtga o‘tmoqchi bo‘lgan Isroil xalqini aynityapsizlar?  Otalaringizni Kadesh-Barnadan yurtni ko‘rib kelish uchun yuborganimda, ular ham xuddi shunday yo‘l tutishgan edi+.  Ular Eshko‘l vodiysigacha+ borib o‘sha yurtni ko‘rgandan keyin, Isroil xalqini Yahova ularga berayotgan yurtga kirishdan aynitdilar+. 10  O‘sha kuni Yahovaning g‘azabi alanga oldi va U shunday deb qasam ichdi+: 11  “Misrdan chiqqan 20 va undan yuqori yoshda bo‘lganlar, Men Ibrohimga, Is’hoqga va Yoqubga beraman deb qasam ichgan yurtni+ ko‘rmaydilar+. Chunki ular butun qalbi bilan Menga ergashmadilar. 12  U yurtga xanaziylardan bo‘lgan Yafunax o‘g‘li Xolib+ va Nun o‘g‘li Yoshua+ kiradi, xolos. Zero ular Yahovaga butun qalbi bilan ergashishdi”+. 13  Shunda Yahovaning Isroil xalqiga g‘azabi alanga oldi va Yahovaning nazarida yovuzlik qilgan o‘sha avlod yo‘q bo‘lib ketmaguncha+, ularni 40 yil sahroda sarson qildirdi+. 14  Isroil xalqiga Yahovaning g‘azabi alanga olishiga sababchi bo‘lgan otalaringiz o‘rnini, endi siz gunohkorlar egalladingiz. 15  Agar sizlar ham Unga ergashmay qo‘ysangizlar, U yana xalqni sahroda tashlab ketadi va sizlarning dastingizdan butun xalq nobud bo‘ladi». 16  Keyin ular Musoning oldiga kelib shunday deyishdi: «Ruxsat bersangiz shu yerda toshdan chorvamiz uchun qo‘ralar, bola-chaqamiz uchun shaharlar qursak. 17  Bola-chaqamiz yurt aholisidan xavfsizlikda, mustahkam shaharlarda yashab tursa, biz jangni davom ettirib+, Isroil o‘g‘illarini o‘z yeriga olib kirmagunimizcha, ularning oldida boramiz. 18  Isroil o‘g‘illarining har biri meros sifatida o‘z yeriga ega bo‘lmagunga qadar, uylarimizga qaytmaymiz+. 19  Agar Iordanning sharqiy tomonidan meros olsak, Iordanning narigi tomonidan ular qatori meros olmaymiz»+. 20  Muso ularga shunday javob berdi: «Agar har biringiz aytganingizdek qilmoqchi bo‘lsangizlar, unda jang qilish uchun Yahovaning oldida qurollanib+, 21  Yahovaning oldida Iordanning naryog‘iga o‘tinglar. U dushmanlarini O‘zining oldidan haydab chiqarganidan+ 22  va yurt Yahovaning yordami bilan bo‘ysundirilganidan+ keyin sizlar qaytib kelib+, Yahovaning hamda Isroil xalqining oldida gunohdan ozod bo‘lasizlar. O‘shandan keyin yurt Yahovaning oldida sizlarning mulkingizga aylanadi+. 23  Bordi-yu, aytganingizdek qilmasangizlar, Yahovaga qarshi gunoh qilgan bo‘lasizlar. Bilib qo‘yinglar, shunda gunohingiz uchun jazolanasizlar. 24  Mayli, bola-chaqangiz uchun shaharlar, qo‘y-echkilaringiz uchun qo‘ralar quringlar+, ammo bergan va’dangizni bajaringlar». 25  Gad va Ruben o‘g‘illari Musoga quyidagicha javob berishdi: «Xizmatkorlaringiz taqsirimiz buyurganday qilishadi. 26  Bola-chaqamiz-u xotinlarimiz, chorvamiz va barcha uy hayvonlarimiz shu yerda, Gilad shaharlarida qolishadi+. 27  Ammo taqsirimiz aytganidek, biz xizmatkorlaringiz, Yahovaning oldida jang qilishga qodir bo‘lgan qurollangan har bir erkak Iordanning naryog‘iga o‘tamiz»+. 28  Shunda Muso ruhoniy Elazarga, Nun o‘g‘li Yoshuaga hamda Isroil qabilalarining xonadonlar boshlariga ularga tegishli shunday ko‘rsatma berdi: 29  «Agar Gad va Ruben o‘g‘illari — qurollangan har bir erkak Yahovaning oldida sizlar bilan birga Iordan daryosidan o‘tsa va yurt sizlarning ko‘z o‘ngingizda bo‘ysundirilsa, Gilad yurtini ularga mulk qilib beringlar+. 30  Bordi-yu, qurollarini olib Iordanning naryog‘iga sizlar bilan birga o‘tishmasa, ular ham sizlar bilan birga Kan’on yurtiga joylashishsin». 31  Gad va Ruben o‘g‘illari esa quyidagicha javob berishdi: «Yahova xizmatkorlaringizga nimaiki aytgan bo‘lsa, bajaramiz. 32  Biz qurollanib, Yahovaning oldida Iordanning naryog‘iga, Kan’on yurtiga o‘tamiz+. Lekin meros qilib oladigan mulkimiz Iordanning shu tomonida bo‘ladi». 33  Muso ularga — Gad va Ruben o‘g‘illariga+ hamda Yusufning o‘g‘li bo‘lmish Manashe qabilasining yarmiga+ Amor xalqining shohi Sixo‘nning+ shohligini va Bashan shohi O‘gning+ shohligini, o‘sha hududlardagi shaharlarning yerlarini va yurt atrofidagi shaharlarni berdi. 34  Gad o‘g‘illari quyidagi shaharlarni qurdilar*: Dibon+, Otaro‘t+, Aroyer+, 35  Otro‘t-Shifan, Yazir+, Yohboxo+, 36  Bayt-Nimro+, Bayt-Xoron+. Bu mustahkam shaharlar edi. Shuningdek ular qo‘y-echkilari uchun toshdan qo‘ralar qurdilar. 37  Ruben o‘g‘illari quyidagi shaharlarni qayta qurdilar: Xashbon+, Elaley+, Xiratayim+, 38  Navo+, Baal-Miyon+ (ularning nomi o‘zgartirilgan) va Sivmo. Qayta qurilgan shaharlarga boshqa nomlar berishdi. 39  Manashening o‘g‘li bo‘lmish Moxirning+ o‘g‘illari Giladga qarshi yurish qilishdi va uni qo‘lga kiritishdi. U yerdagi Amor xalqini esa haydab chiqarishdi. 40  Shunda Muso Giladni Manashening o‘g‘li Moxirga berdi va u o‘sha yerda yashay boshladi+. 41  Manashening o‘g‘li Yovir ularga qarshi yurish qildi va ularning chodirlardan tuzilgan qishloqlarini bosib oldi. Ularni Xavot-Yovir*+ deb atay boshladi. 42  Navah Qanotga va unga qarashli* shaharchalarga hujum qilib, ularni bosib oldi. Unga Navah, deb o‘zining ismini berdi.

Izohlar

Yoki «qayta qurdilar».
Ma’nosi «Yovirning chodirdan tuzilgan qishloqlari».
Yoki «uning atrofidagi».