Sahroda 35:1-34

  • Levilar uchun shaharlar (1-8)

  • Panoh shaharlar (9-34)

35  Yahova Mo‘ab dashtlarida, Iordan bo‘yida+, ya’ni Yerixo yaqinida Musoga shunday deb aytdi:  «Isroil o‘g‘illariga buyur, o‘zlariga tekkan merosdan levilarga yashash uchun shaharlarni va ularning atrofidagi yaylovlarni+ berishsin+.  Levilar bu shaharlarda yashashadi, yaylovlar esa ularning uy hayvonlari, chorvalari va boshqa hayvonlari uchun xizmat qiladi.  Sizlar levilarga beradigan shaharlarning yaylovlari, shahar devori atrofi bo‘ylab 1 000 tirsak* masofani o‘z ichiga olsin.  Shahar atrofi bo‘ylab, shahar tashqarisining sharq tomonidan 2 000 tirsak, janub tomonidan 2 000 tirsak, g‘arb tomonidan 2 000 tirsak va shimol tomonidan 2 000 tirsak o‘lchab chiqinglar. Bu yerlar shaharlarning yaylovlari bo‘ladi.  Odam o‘ldirgan kishi qochib borishi uchun+, levilarga 6 ta panoh shahar+, bundan tashqari yana 42 ta shahar ajratib beringlar.  Ularga jami bo‘lib 48 ta shaharni yaylovlari bilan birga beringlar+.  Bu shaharlarni Isroil o‘g‘illarining mulkidan bo‘lib beringlar+. Kattaroq qabiladan ko‘proq, kichikrog‘idan esa kamroq olinglar+. Har bir qabila o‘ziga tekkan merosga yarasha, shaharlaridan ba’zilarini levilarga bersin».  Yahova Musoga gapirishda davom etib, dedi: 10  «Isroil o‘g‘illariga bunday deb ayt: “Sizlar Kan’on yurtiga+ kirish uchun Iordan daryosidan o‘tyapsizlar. 11  O‘zlaringiz uchun qulay bo‘lgan shaharlarni tanlanglar. Ular panoh shaharlar sifatida xizmat qilib, atayin odam o‘ldirmagan kishi o‘sha yerga qochib boradi+. 12  Bu shaharlar qon uchun qasos oluvchidan panoh bo‘lib xizmat qiladi+. Shunda qotil jamoa oldida hukm qilinmasidan oldin o‘ldirilmaydi+. 13  Sizlar taqdim etadigan mana shu oltita shahar panoh shaharlar bo‘ladi. 14  Panoh shaharlarning uchtasini Iordanning shu tarafidan+, qolgan uchtasini esa Kan’on yurtidan ajratib beringlar+. 15  Bu oltita shahar Isroil o‘g‘illari, orangizdagi musofirlar+ va kelgindilar uchun panoh shaharlar bo‘lib xizmat qiladi. Atayin odam o‘ldirmagan kishi o‘sha yerga qochib boradi+. 16  Agar bir kishi boshqasini temir asbob bilan urib o‘ldirsa, u qotil hisoblanadi. Qotil albatta o‘ldirilsin+. 17  Bordi-yu, kimdir boshqa odamni tosh bilan urib o‘ldirsa, u qotildir. Qotil albatta o‘ldirilsin. 18  Agar bir kishi boshqasini yog‘och asbob bilan urib o‘ldirsa, u qotil hisoblanadi. Qotil albatta o‘ldirilsin. 19  Qotilni qon uchun qasos oluvchi o‘ldirsin. Uni uchratishi bilanoq o‘ldirsin. 20  Mabodo biron kishi boshqani yomon ko‘rgani dastidan itarib yoki yovuz niyatda* unga biron narsa otib o‘ldirib qo‘ysa+, 21  yo bo‘lmasa, nafratdan musht tushirib o‘ldirsa, musht tushirgan odam albatta o‘ldirilsin. U qotildir. Qotilni qon uchun qasos oluvchi kishi uchratishi bilanoq o‘ldirsin. 22  Bordi-yu, biron kishi boshqani yomon ko‘rgani uchun emas, balki bexosdan itarib yuborsa yoki hech qanday yovuz niyatsiz unga biron narsa otib yuborsa+, 23  yoxud uni ko‘rmasdan tosh otib yuborsa yoki toshni ustiga tushirib yuborsa va u o‘lib qolsa, lekin unga nisbatan hech qanday dushmanligi yoki zarar yetkazish niyati bo‘lmagan bo‘lsa, 24  jamoa keltirilgan bu yo‘l-yo‘riqlarga asoslanib, odam o‘ldirgan kishi bilan qon uchun qasos oluvchi o‘rtasidagi masalani hal qilsin+. 25  Jamoa odam o‘ldirgan kishini qon uchun qasos oluvchining qo‘lidan xalos etib, u qochib borgan panoh shaharga qaytarib yuborsin. U o‘sha yerda, muqaddas moy bilan moylangan oliy ruhoniy vafot etgunga qadar yashasin+. 26  Mabodo odam o‘ldirgan kishi o‘zi qochib borgan panoh shaharning tashqarisiga chiqsa 27  va qon uchun qasos oluvchi kishi panoh shaharning tashqarisida uni ushlab olib o‘ldirsa, u qon to‘kilishida aybdor bo‘lmaydi. 28  Chunki odam o‘ldirgan kishi oliy ruhoniyning vafotigacha panoh shaharda yashashi lozim. Oliy ruhoniyning o‘limidan keyingina, u o‘z yeriga qaytib bora oladi+. 29  Bular — barcha turar joylaringiz bo‘ylab avlodlaringiz osha amal qilishingiz kerak bo‘lgan qonunlar. 30  Odam o‘ldirgan har qanday kishi guvohlarning ko‘rsatmalari bo‘yicha+ qotil sifatida o‘ldirilsin+. Lekin bittagina guvohning ko‘rsatmasi asosida hech bir kishi o‘ldirilmasin. 31  O‘limga loyiq bo‘lgan qotilning hayoti* uchun to‘lov olmanglar. U albatta o‘ldirilsin+. 32  Shuningdek, panoh shaharga qochib borgan, ammo oliy ruhoniyning vafotiga qadar o‘z yeriga qaytib borib yashamoqchi bo‘lgan kishi uchun ham to‘lov olmanglar. 33  Yashayotgan yurtingizni bulg‘amanglar, chunki qon to‘kish yurtni bulg‘aydi+. Qon to‘kilgan yurtni qon to‘kkan odamning qoni bilangina yuvish mumkin+. 34  O‘zingiz yashaydigan yurtni bulg‘amanglar, chunki Men ham shu yurtda yashayman. Men Yahova, Isroil xalqi orasida yashayman”+».

Izohlar

Bir tirsak=44,5 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «pistirmadan».
Yoki «joni».