Vahiy 2:1-29

2  Efesdagi jamoatning+ farishtasiga+ shunday yoz: “O‘ng qo‘lida yettita yulduzi bo‘lgan va yettita oltin chiroqpoya orasida yurgan zot+ shunday demoqda:  “Men sening ishlaringni, mehnatingni, sabr-bardoshingni hamda buzuq odamlarni yoqtirmasligingni va o‘zlarini havoriy* degan+, ammo aslida havoriy bo‘lmaganlarni sinab, yolg‘onchi ekanliklarini ko‘rganingni bilaman.  Sen sabr-bardosh namoyon etib, mening nomim tufayli ko‘p narsalarga dosh berding+ va holdan toymading+.  Biroq senga e’tirozim bor: sen ilk muhabbatingdan soviding.  Shuning uchun nimadan soviganingni eslab tavba qil+ va avvalgi ishlaringni bajar. Bordi-yu, tavba qilmasang+, men oldingga kelib chiroqpoyangni+ o‘z joyidan olib qo‘yaman.  Lekin nikolaychi mazhabining+ ishlaridan nafratlanib yaxshi qilasan, chunki men ham ulardan nafratlanaman.  Muqaddas ruh jamoatlarga nima deyayotganini qulog‘i borlar eshitsin+: “G‘alaba qozonayotgan kishiga+ Allohning jannatidagi hayot daraxtining mevalaridan yeyishga ruxsat beraman”+.  Smirnadagi jamoatning farishtasiga ham yoz: o‘lgan va tirilgan+, “Birinchi va Oxirgi”+ shunday demoqda:  “Sening g‘am-qayg‘ularing va kambag‘alliging menga ma’lum (lekin sen boysan)+. Shuningdek, o‘zlarini yahudiy deydigan, aslida esa Shaytonning yig‘inidan* bo‘lganlarning haqoratlaridan xabardorman+. 10  Boshingga tushadigan azob-uqubatlardan qo‘rqma+. Iblis ayrimlaringizni qamoqga tashlaydi va sizlar butunlay sinalib, o‘n kun qayg‘u-alamga duchor bo‘lasizlar. O‘limgacha sodiq qol va men senga hayot tojini beraman+. 11  Muqaddas ruh jamoatlarga nima deyayotganini qulog‘i borlar eshitsin+: “G‘alaba qozonayotgan kishiga+ ikkinchi o‘lim+ hech qanday zarar yetkazmaydi”. 12  Pergamdagi jamoatning farishtasiga quyidagini yoz: “Uzun, ikki tig‘li o‘tkir qilichi bor kimsa+ shunday demoqda: 13  “Sen Shaytonning taxti joylashgan yerda yashayotganingni bilaman. Shunga qaramay, sen ismimni mahkam ushlab turibsan+. Shayton o‘tirgan joyda, ya’ni shahringizda o‘ldirilgan+ ishonchli shohidim+ Antipaning kunlarida ham menga bo‘lgan imoningni inkor etmading+. 14  Biroq senga e’tirozim bor: orangizda Balomning ta’limotiga amal qiladiganlar mavjud+. Balom Boloqga+ Isroil o‘g‘illarini gunohga og‘dirish yollarini* o‘rgatgan. Toki ular butlarga qurbon qilingan narsalarni yeyishsin va zino*+ bilan shug‘ullanishsin. 15  Ustiga-ustak, orangizda nikolaychi mazhabining+ ta’limotiga rioya qiladiganlar ham bor. 16  Xullas, tavba qil. Aks holda men tezda oldingga kelib, og‘zimdan chiqib turgan uzun qilich+ bilan ularga qarshi jang qilaman. 17  Muqaddas ruh jamoatlarga nima deyayotganini qulog‘i borlar eshitsin+: “G‘alaba qozonayotgan kishiga+ sirli mannani+ va oq toshni beraman. Toshda yangi ism yozilgan bo‘ladi va ushbu ismni uni olgandan bo‘lak hech kim bilmaydi”. 18  Shuningdek, Tiyatiradagi+ jamoatning farishtasiga yoz: “Ko‘zlari otash alangasiday+ va oyoqlari sof mis kabi+ bo‘lgan Xudoning O‘g‘li shunday demoqda: 19  “Men ishlaringni, sevgingni, imoningni, xizmatingni, sabr-bardoshingni hamda oxirgi ishlaring avvalgidan ham ko‘proq ekanini bilaman. 20  Biroq senga e’tirozim bor: sen o‘zini payg‘ambar deb ataydigan Izabel+ ismli ayolga toqat qilyapsan. U ta’lim beryapti va qullarimni yo‘ldan urib zino* qilishga+ va butlarga bag‘ishlangan narsalarni yeyishga chorlayapti. 21  Tavba qilishi uchun unga muhlat bergan edim, ammo u zinosidan* tavba qilmoqchi emas. 22  Shu sababli, uni xastalikka yo‘liqtiraman, u to‘shakka mixlanib qoladi. U bilan zino qilganlar tavba qilishmasa, ularni buyuk qayg‘uga duchor qilaman. 23  Bu ayolning bolalarini o‘lat bilan qirib tashlayman. Shunda barcha jamoatlar men chuqur o‘y-fikrlarni* va qalblarni tekshiradigan ekanimni bilib olishadi. Men har biringizni ishlaringizga yarasha taqdirlayman+. 24  Tiyatirada qolgan, ushbu ta’limotga ergashmagan va go‘yo “Shaytonning teranliklari”+ deb atalmish narsalarni o‘rganmaganlarga aytyapman: sizlarga bundan boshqa yuk ortmoqchi emasman. 25  Men kelmagunimcha o‘zingizda bor bo‘lganni mahkam ushlanglar+. 26  G‘alaba qozonayotgan va oxirigacha mening ishlarimga binoan yo‘l tutayotgan kishiga xalqlar ustidan hokimiyat ato etaman+. 27  Men Otamdan olganimday, unga ham hokimiyat beraman. U temir tayoq bilan xalqlarga cho‘ponlik qiladi+, ular esa sopol idish singari sinib ketadi. 28  Shuningdek, men unga tong yulduzini+ beraman. 29  Muqaddas ruh jamoatlarga nima deyayotganini qulog‘i borlar eshitsin”.

Izohlar

So‘zma-so‘z «sinagogasidan». Lug‘atdagi «ibodatxona» so‘ziga q.
Yoki «Isroil og‘illari oldida qoqintiradigan tosh qo‘yishni».
Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Yoki «teran his-tuyg‘ularni». So‘zma-so‘z «buyraklarni».