Vahiy 8:1-13

  • Yettinchi muhr yechiladi (1–6)

  • Ilk to‘rt karnay chalinadi (7–12)

  • Kulfat haqida xabar (13)

8  U+ yettinchi muhrni+ yechganda osmon yarim soat sukunatga cho‘mdi.  Shunda Xudo oldida turgan yettita farishtani ko‘rdim+. Ularga yettita karnay berilgandi.  Keyin yana bir farishta kelib, qurbongoh+ oldida turdi. Uning tutatqi tutatiladigan oltin idishi bor edi+. Muqaddas kishilarning ibodati eshitilganda, taxt oldida turgan oltin qurbongohda+ tutatish uchun unga ko‘p miqdorda tutatqi berildi.  Tutatqining tutuni muqaddas kishilarning ibodatlari+ bilan birga farishtaning qo‘lidan Allohning huzuriga ko‘tarildi.  So‘ng farishta darhol tutatqi tutatiladigan idishni oldi-da, uni qurbongohdagi yonayotgan cho‘g‘* bilan to‘ldirib, cho‘g‘larni yer yuziga uloqtirdi. Shunda momaqaldiroq gumburlab, ovozlar yangradi, chaqmoqlar chaqib+, zilzila bo‘ldi.  Yettita farishta esa yettita karnayni+ chalishga shaylandi.  Birinchi farishta karnayini chaldi. Qon aralash do‘l va olov yer yuziga yog‘ildi+. Shunda yerning uchdan bir qismi, daraxtlarning uchdan bir qismi va barcha o‘simliklar yonib ketdi+.  Ikkinchi farishta karnayini chaldi. Shunda lovullab yonayotgan katta tog‘ga o‘xshagan bir narsa dengizga+ otildi va dengizning uchdan bir qismi qonga aylandi+.  Dengizdagi jonivorlarning uchdan bir qismi o‘ldi+, kemalarning uchdan bir qismi esa halokatga uchradi. 10  Uchinchi farishta karnayini chaldi. Samodan mash’alga o‘xshab yonayotgan ulkan bir yulduz daryolarning uchdan bir qismiga va buloqlarning ustiga tushdi+. 11  Yulduzning nomi Erman edi. Natijada suvlarning uchdan bir qismi ermanga aylanib, suv achchiq bo‘lgani uchun ko‘p odamlar undan halok bo‘ldi+. 12  To‘rtinchi farishta karnayini chaldi. Quyoshning uchdan biri+, oyning uchdan biri va yulduzlarning uchdan bir qismi ziyon ko‘rdi, toki ularning uchdan bir qismi qorong‘ilashib+, kunning ham, tunning ham uchdan bir qismi nursiz qolsin. 13  Keyin qarasam, osmonning qoq o‘rtasida uchayotgan burgutning baland ovozda shunday deyayotganini eshitdim: «Qolgan karnaylarini chalishga shaylangan uchta farishtaning karnay sadosidan+ yer yuzida yashovchilarga kulfat, kulfat, kulfat keladi!»+

Izohlar

So‘zma-so‘z «olov».