Voiz 4:1-16

  • Jabr-zulm o‘limdan battar (1-3)

  • Ishga to‘g‘ri munosabat (4-6)

  • Do‘st qadri (7-12)

    • Yolg‘iz bo‘lgandan ko‘ra ikki kishi bo‘lgan yaxshiroq (9)

  • Shohning hayoti ham behuda (13-16)

4  Keyin men diqqatimni quyosh ostida sodir bo‘layotgan jabr-zulmga qaratdim. Jabrdiydalarning ko‘z yoshlarini, ularni yupatadigan hech kim yo‘qligini ko‘rdim+. Hokimiyat zulm o‘tkazuvchilar qo‘lida bo‘lgani bois, ularni yupatadigan kimsa topilmadi.  Shunda men tiriklardan ko‘ra o‘lganlarni baxtliroq hisobladim+.  Ammo hali dunyoga kelmagan+ va quyosh ostida sodir etilayotgan yomon ishlarni ko‘rmagan odam ulardan ko‘ra baxtliroqdir+.  Odamlar zahmat chekib, mahorat ila ish yuritayotganini ko‘rdim. Lekin ularning sa’y-harakatlari tagida raqobat yotardi+. Bu ham behuda, shamol orqasidan quvishdaydir.  Ahmoq qo‘l qovushtirib o‘tiradi va ochdan o‘ladi+.  Bir hovuch orom, ikki hovuch zahmat va shamol ortidan quvishdan yaxshiroqdir+.  Men diqqatimni quyosh ostidagi yana bir behuda narsaga qaratdim.  Men na o‘g‘li, na birodari, na bironta sherigi bo‘lgan yolg‘iz bir kishini ko‘rdim. U tinmay mehnat qilar, ammo ko‘zlari boylikka aslo to‘ymas edi+. U o‘ziga: «Kim uchun og‘ir mehnat qilib, o‘zimni yaxshi narsalardan mahrum etyapman?»+ — dedi. Bu ham behuda va arzimas bir ishdir+.  Yolg‘iz bo‘lgandan ko‘ra ikki kishi bo‘lgan yaxshiroq+, chunki birgalashib qilgan mehnatlari ko‘proq foyda keltiradi*. 10  Ulardan biri yiqilsa, sherigi turishga yordamlashadi. Ammo yiqilganda turg‘izadigan sherigi yo‘q odamning holi nima kechadi? 11  Bundan tashqari, ikkovi birga yotsa, isinadi. Ammo yolg‘iz yotgan odam qanday isina oladi? 12  Kishi bir o‘zi bo‘lsa, uni mag‘lub etish oson, ikki kishi esa hujumga qarshi tura oladi. Uchta ipdan eshilgan arqon osonlikcha uzilmaydi. 13  Keksa, lekin maslahatga quloq solmaydigan nodon shohdan+ ko‘ra, kambag‘al dono yigit yaxshiroqdir+. 14  Garchi u* o‘sha saltanatda faqir bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa-da+, zindondan chiqib shoh bo‘ladi+. 15  Men quyosh ostida yurganlarning barchasi, shuningdek, shohning o‘rniga taxtga o‘tirgan yigit bilan nima bo‘lishi haqida o‘ylab qoldim. 16  Hozir uni qo‘llab-quvvatlaydiganlar behisob bo‘lsa ham, ulardan keyin keladiganlar undan norozi bo‘lishadi+. Bu ham behuda va shamol ortidan quvishdaydir.

Izohlar

Yoki «yaxshi mukofotga sazovor qiladi».
Dono yigit nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.