Yeremiyo 15:1-21
15 So‘ng Yahova menga shunday dedi: «Agar qarshimda Muso bilan Shomuil tursa ham+, bu xalqga marhamat qilmayman. Ularni ko‘zimdan yo‘qot, ketishsin.
2 Xalq ular bilan nima sodir bo‘lishini so‘rasa, shunday deb javob ber: “Yahova demoqda:
“Ayrimlaringiz o‘latdan,
Ayrimlaringiz qilichdan+,
Ayrimlaringiz ocharchilikdan o‘lasizlar,
Boshqalaringizni esa asir qilib olib ketishadi!”+
3 “Men ularga to‘rtta musibat* yuboraman+, — demoqda Yahova. — O‘ldirish uchun qilichni, jasadlarini sudrab ketish uchun itlarni, yeb yo‘q qilish uchun samoviy qushlar-u yer yuzidagi yovvoyi hayvonlarni yuboraman+.
4 Yahudo shohi, Hizqiyo o‘g‘li Manashe Quddusda qilgan ishlari uchun+ ularni shunday ahvolga solamanki, sodir bo‘lganlardan yer yuzidagi barcha shohliklar dahshatga tushadi+.
5 Ey Quddus, kimning senga rahmi keladi?Kim senga achinadi?Kim sendan hol-ahvol so‘ragani keladi?”
6 “Sen Meni tashlab ketding,— demoqda Yahova+.
— Sen Menga orqa o‘girding+.
Shu bois, senga qarshi qo‘limni uzatib, seni yo‘q qilaman+.
Senga rahm qilishdan charchadim.
7 Men ularni yurt darvozalari oldida g‘alladay shopiraman.
Ularni farzandlaridan judo qilaman+.
Ular yo‘llaridan qaytishni istamagani uchun,O‘z xalqimni tor-mor qilaman+.
8 Ularning bevalari dengizdagi qumdan ham ko‘proq bo‘ladi,
Kuppa-kunduzi ularga — onalar-u yigitlarga qarshi vayron qiluvchini yuboraman.
Kutilmaganda ularni sarosima va qo‘rquvga solaman.
9 Yettita bola tuqgan ayol holdan toydi.U qiynalib nafas olmoqda.
Uning quyoshi kuppa-kunduzi botib,Sharmandalik va xo‘rlikka sabab bo‘ldi*”.
“Ularning ozgina omon qolganlariniDushmanlarining qilichiga topshiraman”,— demoqda Yahova»+.
10 Voy onajon, men sho‘rlikni nega dunyoga keltirdingiz?!+Butun yurt men bilan janjallashib, bahslashmoqda.
Men qarz berib, qarz olmagan bo‘lsam-da,Hamma meni qarg‘amoqda.
11 Yahova shunday dedi: «Men senga yaxshilik qilaman.Musibat, qayg‘u paytidaDushman oldida yoningni olaman.
12 Odam temirni parchalay oladimi?Shimolning temirini va misni-chi?
13 Sening* zahiralaring va xazinalaringni dushmanlaring qo‘liga beraman+.Butun hududing bo‘ylab qilgan gunohlaring uchun, ularni tekin o‘lja qilib beraman.
14 Sen bilmaydigan yurtga olib ketishi uchun,Bu narsalarni dushmanlaring qo‘liga beraman+.
Chunki g‘azabim olovday yondi,Senga qarshi alanga oldi»+.
15 Sen dardimni bilasan, ey Yahova.Meni yodingda tut, menga nazar sol.
Men uchun quvg‘un qiluvchilarimdan qasos ol+.
G‘azablanishga shoshilmaganing tufayli yo‘q bo‘lib ketishimga yo‘l qo‘yma.
Sen uchun bu haqoratlarga chidayotganimni bilasan-ku+.
16 Sening so‘zlaringni qabul qilib, qalbimga jo qildim*+.So‘zlaring menga shodlik keltirib, qalbimni quvontirdi.Men Sening isming bilan atalganman, ey, Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova.
17 Hazilkashlar davrasida o‘tirib quvonmayman+.
Qo‘ling ustimda bo‘lgani uchun yolg‘iz o‘tiraman.Axir ularning yomon ishlari uchun Sen meni g‘azabga to‘ldirding+.
18 Nega dardim o‘tib ketmayapti, yaralarim bitmayapti?
Ular hech tuzalmayapti.
Sen men uchun ishonib bo‘lmaydiganSuvsiz buloqday bo‘lasanmi?
19 Shuning uchun Yahova demoqda:
«Agar qaytsang senga yana marhamat ko‘rsataman.Sen yana qarshimda turasan.
Agar qimmatbaho narsani arzimas narsadan ajratsang,Mening vakilim* bo‘lasan.
Ular sen tomonni egallashadi,Sen ularning tomonini egallashingga hojat bo‘lmaydi».
20 «Bu xalq orasida seni mustahkam mis devorday qilaman+.
Ular senga qarshi jang qilishadi,Ammo seni yenga olishmaydi+.Chunki seni himoya qilish va qutqarish uchun Men sen bilan birgaman,— demoqda Yahova.
21 — Seni yovuzlarning qo‘lidan qutqaraman,
Shafqatsizlarning qo‘lidan xalos etaman».
Izohlar
^ Boshqa variant «to‘rt xil hukm».
^ Boshqa variant «Quyosh uyalib, izza bo‘ldi».
^ Yahudo xalqi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.
^ So‘zma-so‘z «Sening so‘zlaring topildi va men ularni yedim».
^ So‘zma-so‘z «og‘zim».