Yeremiyoning marsiyasi 1:1-22

  • Quddus bevaga o‘xshatiladi

    • U butunlay yolg‘iz qoladi (1)

    • Sionning gunohlari (8, 9)

    • Xudo Sionni rad etadi (12-15)

    • Sionni hech kim yupatmaydi (17)

א [Alef]* 1  Ilgari odamlarga to‘lib-toshgan Quddus+ butunlay yolg‘iz qoldi! Xalqlar ichida gavjum bo‘lgan shahar+ endi bevaga o‘xshab qoldi! U viloyatlar ichida malika edi, endi qulga aylandi!+ ב [Bet]   U tun bo‘yi yig‘lab chiqdi+, ko‘z yoshlari yotoqlarini yuvdi. O‘ynashlaridan hech biri uni yupatmadi+. Barcha do‘stlari unga xiyonat qilib+, uning dushmanlariga aylandi. ג [Gimel]   Yahudo surgun qilinib+, qayg‘u-alam va qullik mashaqqatidan azob chekdi+. U xalqlar orasida yashashga majbur+, u o‘ziga tinch joy topa olmadi. Boshiga kulfat tushganda, ta’qib qiluvchilarining bari unga yetib oldi. ד [Dalet]   Sionga olib boruvchi yo‘llar motam tutyapti, chunki hech kim bayramlarga kelmayapti+. Uning barcha darvozalari buzilgan+, ruhoniylari oh-voh qilyapti. Uning qizlari ohu nola qilyapti. U qattiq iztirobda. ה [Xe]   Dushmanlari endi uning xo‘jayini bo‘ldi. Yovlarim beg‘am yuribdi+. Gunohlari ko‘pligidan Yahova uning boshiga kulfat yubordi+. Dushman uning farzandlarini asir qilib olib ketdi+. ו [Vav]   Sion qizi hashamatini yo‘qotdi+. Uning beklari yaylov topa olmagan bug‘ularga o‘xshab qoldi.Ular holdan toyib, quvib boruvchilar oldiga tushib ketmoqda. ז [Zayin]   Quddusning boshiga kulfat tushganida, uy-joysiz qolganida,U ilgari ega bo‘lgan barcha qimmatbaho narsalarini esladi+. Uning xalqi dushmanlar qo‘liga tushganda, hech kim yordamga kelmaganida+,G‘animlari uning qulaganini ko‘rib, uni mazax qildi+. ח [Xet]   Quddus og‘ir gunoh qildi+. Shu sababli u jirkanch bir narsaga aylandi. Ilgari uni hurmat qilganlar, endi undan hazar qilyapti, chunki ular uning yalang‘ochligini ko‘rdi+. U nola qilmoqda+, sharmanda bo‘lganidan orqaga o‘girildi. ט [Tet]   Uning etagi nopokligi bilan bulg‘andi. U kelajagi haqida hech ham o‘ylamadi+. Uning qulashi dahshatli bo‘ldi, uni yupatadigan hech kim yo‘q. Ey Yahova, mening qayg‘u-alamimga nazar sol, axir dushman kerilmoqda+. י [Yod] 10  Dushman uning barcha xazinalariga qo‘l cho‘zdi+. Quddus uning muqaddas maskaniga xalqlar kirganini ko‘rdi+,Biroq Sen ularga jamoatingga kirishni man etgan eding. כ [Kaf] 11  Uning butun xalqi oh-voh qilmoqda, ular nonga zor+. Ular o‘lmaslik uchun ovqat evaziga qimmatbaho narsalarini berdi. Evoh Yahova, ahvolimga qara, axir men qadr-qimmati yo‘q bir ayolga* o‘xshab qoldim-ku! ל [Lamed] 12  Ey, yo‘ldan o‘tgan-ketganlar, sizlarga farqi yo‘qmi? Qaranglar, ko‘ringlar. G‘azabi alanga olgan kunda Yahova menga azob berdi+.Men kabi azob chekkan odam bormi? מ [Mem] 13  U osmondan olov yuborib, har bir suyagimni kuydirdi+. U oyoqlarimga to‘r tashladi, meni orqaga qaytishga majburladi. U meni tashlab ketilgan ayolday qildi. Men kun bo‘yi kasalman. נ [Nun] 14  Qilmishlarim menga bo‘yinturuqday bo‘ldi, ularni O‘z qo‘llari bilan bo‘yinturuqga bog‘ladi. Ular mening bo‘ynimga qo‘yildi va men holsizlanib qoldim. Yahova meni kuchim yetmaydigan odamlarning qo‘liga topshirdi+. ס [Samex] 15  Yahova mendagi kuchli erkaklarni uloqtirib tashladi+. U yigitlarimni o‘ldirish niyatida menga qarshi bir jamoa yig‘di+. Yahova Yahudoning bokira qizini uzumsiqgichda toptadi+. ע [Ayin] 16  Bular dastidan men yig‘layapman+, ko‘zlarimdan tirqirab yosh oqmoqda. Meni yupatib, orom beradigan kishilar olisda. O‘g‘illarim qirildi, dushman zafar qozondi. פ [Pe] 17  Sion qo‘llarini cho‘zdi+, uni yupatuvchi hech kim qolmadi. Yahova Yoqubning atrofidagi barcha dushmanlariga unga qarshi chiqishni buyurdi+. Quddus ularning nazarida jirkanch narsa bo‘ldi+. צ [Sade] 18  Yahova odildir+, men esa Uning amrlariga qarshi chiqdim+. Ey xalqlar, quloq solinglar, mening dardimni ko‘ringlar. Yigitu qizlarim asir qilib olib ketildi+. ק [Qof] 19  Men o‘ynashlarimni chaqirdim, ammo ular menga xiyonat qildi+. Jonlarini saqlash uchun non izlab+,Ruhoniylarimu oqsoqollarim shaharda o‘lib ketishdi. ר [Resh] 20  Nazar sol Yahova, men qattiq iztirob chekyapman. Ichim darddan og‘riyapti. Isyonkorlikka mukkasidan ketganim uchun yurak-bag‘rim ezilib ketdi+. Tashqarida qilich halok qilmoqda+, uy ichida odamlar o‘lmoqda. ש [Shin] 21  Odamlar ohu nola qilayotganimni eshitdi. Menga tasalli beradigan hech kim yo‘q. Dushmanlarimning bari boshimga tushgan kulfat haqida eshitdi. Sen menga falokat yuborganingdan xursand bo‘lishdi+. Ammo Sen e’lon qilgan o‘sha kunni keltirasan+. Shunda ular mening ahvolimga tushadi+. ת [Tav] 22  Barcha qilmishlarim uchun meni jazolaganing singari,Ularni ham jazola+, qabihliklari ko‘z o‘ngingda bo‘lsin. Ko‘pdir mening ohu nolalarim, yuragim xasta. א [Alef]

Izohlar

1–4- boblar muvashshah uslubida, ya’ni ibroniy alifbosi tartibi bo‘yicha yozilgan motam qo‘shig‘idir.
Quddus ayol timsolida tasvirlangan.