Zabur 120:1-7
Ziyorat qo‘shig‘i*.
120 Qayg‘u chekkanimda Yahovaga yolvordim+,U menga javob berdi+.
2 Ey Yahova, meni yolg‘onchi og‘izdan,Hiylakor tildan xalos et.
3 Ey, boshqalarni aldaydigan til!+Xudo senga nima qilishini, seni qanday jazolashini bilasanmi?
4 Seni jangchining o‘tkir o‘qlari+Butaning* cho‘g‘lari+ ila jazolaydi.
5 Holimga voy, chunki Meshexda+ musofir bo‘lib yashadim!
Kedar+ chodirlari orasida istiqomat qildim.
6 Tinchlikdan nafratlanadiganlar bilanJuda uzoq yashadim+.
7 Men tinchlik tarafdoriman,Lekin bu haqda gapirishim bilanoq, ular urushga shaylanadi.