Zabur 71:1-24

  • Keksalarning ishonchi

    • «Yoshligimdan Senga tayanganman» (5)

    • «Kuchdan qolganimda» (9)

    • «Yoshligimdan menga ta’lim bergansan» (17)

71  Ey Yahova, men Senda panoh topganman. Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘yma+.   Xalos et, qutqar meni, axir Sen adolatlisan-ku. Engashib quloq sol, najot ber menga+.   Qoya ustidagi qo‘rg‘onim bo‘l,Shunda doim u yerga qochib boraman. Meni qutqarish uchun amr ber,Chunki Sen qoyam va qal’amsan+.   Ey Allohim, meni yovuzning qo‘lidan,Nohaqlik qiladigan zolimning changalidan qutqar+.   Sen umidimsan, ey, Oliy Hukmdor Yahova,Yoshligimdan Senga tayanganman+.   Tug‘ilganimdan Senga suyanganman,Meni onam qornidan olib chiqqan Sensan+. Hamisha Senga hamd-u sano aytaman.   Ko‘plar ahvolimga hayrat ila qaraydi,Lekin Sen mening panohimsan.   Senga hamd-u sano aytish tilimdan tushmaydi+,Kun bo‘yi ulug‘vorliging haqida so‘zlayman.   Keksayganimda meni tashlab ketma+,Kuchdan qolganimda meni tark etma+. 10  Dushmanlarim menga qarshi gapiryapti,Jonimni* olish payida yurganlar o‘zaro til biriktiryapti+. 11  Ular: «Alloh uni tark etdi. Orqasidan quvib ushlab olamiz, chunki qutqaradigan hech kimi yo‘q»+,— deyapti. 12  Ey Xudo, mendan uzoqlashma. Ey Tangrim, menga yordamga shoshil+. 13  Menga dushmanlik qilayotganlarIsnodga qolib, yo‘q bo‘lib ketsin+. Boshimga falokat yog‘dirmoqchi bo‘lganlarSharmanda-yu sharmisor bo‘lsin+. 14  Men esa doim Seni kutaman,Hamd-u sanolarimni oshiraman. 15  Kun bo‘yi Sening odilliging+,Bergan najoting haqida so‘zlab yuraman.Ko‘pligidan ularning sanog‘iga yetolmayman+. 16  Ey, Oliy Hukmdor Yahova,Kelib Sening qudratli ishlaring haqida aytib beraman. Sening, yolg‘iz Sening odilliging haqida so‘zlab beraman. 17  Ey Xudo, yoshligimdan menga ta’lim bergansan+,Hanuzgacha g‘aroyib ishlaringni e’lon qilib yuribman+. 18  Keksayib, sochlarim oqarganida ham meni tark etma, ey Tangri+. Toki kelgusi avlodga Sening kuching haqida,Kelajak naslga qudrating to‘g‘risida aytib berayin+. 19  Ey Alloh, odilliging naqadar buyuk!+Sen qudratli ishlar qilding.Ey Xudo, Senga o‘xshashi bormi?!+ 20  Meni ko‘p balo-qazolarga yo‘liqtirgan bo‘lsang-da+,Menga tetiklik baxsh et,Yerning qa’ridan meni chiqarib ol+. 21  Obro‘yimni oshir,Meni himoya qilib, tasalli ber. 22  Sadoqatli bo‘lganing uchun, ey Tangrim+,Torli asbobda Seni tarannum etaman, Arfa chalib Senga madhlar kuylayman,Ey, Isroilning Muqaddas Xudosi. 23  Dudoqlarim zavq ila Senga madhlar kuylaydi+,Zero, hayotimni qutqargan Sensan+. 24  Kun bo‘yi odilliging tilimdan tushmaydi+,Meni o‘ldirmoqchi bo‘lganlar sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi+.

Izohlar

Yoki «Hayotimni».