Zakariyo 12:1-14

  • Yahova Yahudo bilan Quddusni himoya qiladi (1-9)

    • Quddus «og‘ir bir tosh» (3)

  • Badani teshilgan kishi uchun yig‘lash (10-14)

12  Xudoning xabari: «Bu, Yahovaning Isroil to‘g‘risidagi so‘zi»,— demoqda Yahova.U samolarni yoygan+,Yerning poydevorini o‘rnatgan+,Inson ichidagi ruhni* yaratgan.  «Men Quddusni, atrofdagi xalqlarni mast qilib, gandiraklatib qo‘yadigan qadahga aylantiraman. Yahudo bilan Quddus qamal qilinadi+.  O‘sha kuni Men Quddusni barcha xalqlar uchun og‘ir bir tosh qilib qo‘yaman. Uni ko‘targanlarning hammasi qattiq jarohat olishi aniq+. Yer yuzidagi jamiki millatlar unga qarshi to‘planadi»+.  Yahova demoqda: «O‘sha kuni hamma otlarni vahimaga solib, suvorilarini aqldan ozdiraman. Yahudo xonadoniga ko‘zimni tikaman, xalqlarning hamma otlarini esa ko‘r qilib qo‘yaman.  Yahudo shayxlari ko‘nglida: “Quddus aholisi biz uchun qudrat manbai, chunki Qo‘shinlar Sarvari Yahova ularning Xudosidir”+,— deb aytishadi.  O‘sha kuni Men Yahudo shayxlarini o‘rmon ichidagi olovday, o‘rib olingan don bog‘lamlari orasidagi mash’aladay qilib qo‘yaman+. Ular o‘ng va chap tomonidagi hamma xalqlarni kuydirib kulga aylantirishadi+. Quddus aholisi yana o‘z joyida — Quddusda yashaydi+.  Dovud xonadonining hamda Quddus aholisining shon-shuhrati Yahudonikidan ustun turmasligi uchun, Yahova avvaliga Yahudo chodirlarini qutqaradi.  O‘sha kuni Yahova Quddusda yashovchilarni himoya qiladi+. O‘sha kuni ularning orasidagi qoqilib yuradiganlar* Dovudday kuchli, Dovud xonadoni esa ilohiy zotday, ularni boshlab boradigan Yahovaning farishtasiday bo‘ladi+.  O‘sha kuni Quddusga qarshi chiqqan hamma millatlarni aniq yo‘q qilaman+. 10  Men Dovud xonadoni va Quddus aholisi ustiga iltifot-u iltijo ruhini yog‘diraman. O‘zlari badanini teshgan kishiga ular qarab turishadi+. Ular yagona o‘g‘li uchun aza tutayotganday yig‘lashadi, to‘ng‘ichi uchun qayg‘u chekayotganday qattiq qayg‘urishadi. 11  O‘sha kuni Quddusdagi faryod, Maxido‘+ tekisligida joylashgan Hadad-Rimmondagi dod-faryodday bo‘ladi. 12  Butun yurtda yig‘i ko‘tariladi, har bir oila alohida yig‘laydi. Dovud xonadonining oilalari alohida, ularning ayollari alohida yig‘laydi. Natan+ xonadonining oilalari alohida, ularning ayollari alohida yig‘laydi. 13  Levi+ xonadonining oilalari alohida, ularning ayollari alohida yig‘laydi. Shimey+ xonadonining oilalari alohida, ularning ayollari alohida yig‘laydi. 14  Qolgan oilalarning hammasi alohida, ularning ayollari alohida yig‘laydi.

Izohlar

Yoki «nafasni».
Yoki «eng zaiflar».