Zakariyo 14:1-21
14 «Mana, Yahovaning kuni kelyapti! O‘sha kuni sendan* talon-toroj qilib olingan narsalar ichingda bo‘lib olinadi.
2 Hamma xalqlarni Quddusga qarshi urush qilgani yig‘aman. Shahar qamal qilinadi, uylar talon-toroj qilinadi, ayollar zo‘rlanadi. Shahar aholisining yarmi surgun qilinadi, omon qolganlari esa shahardan olib ketilmaydi.
3 Ilgari urush paytida jang qilganday+, Yahova chiqib o‘sha xalqlarga qarshi jang qiladi+.
4 O‘sha kuni Uning oyog‘i Quddusning ro‘parasida, sharq tomonda, Zaytun tog‘i+ ustida turadi. Zaytun tog‘i sharqdan g‘arbga tomon ikkiga ajralib, juda keng vodiy hosil bo‘ladi. Tog‘ning birinchi yarmi shimolga, ikkinchi yarmi janubga suriladi.
5 Sizlar Mening tog‘larim orasidagi vodiyga qochib borasizlar, chunki tog‘lar orasidagi vodiy Oziyolga qadar cho‘zilgan bo‘ladi. Yahudo shohi Uzziyo+ davrida zilziladan qanday qochgan bo‘lsangiz, shunday qochasizlar. Shunda Xudoyim Yahova keladi, muqaddas zotlarning hammasi U bilan bo‘ladi+.
6 O‘sha kuni porloq nur bo‘lmaydi+, hamma narsa muzlab qoladi.
7 Bu kun, Yahovaning kuni+ sifatida taniladi. O‘shanda kun bilan tun almashmaydi. Kech kirganda ham yorug‘ bo‘ladi.
8 O‘sha kuni Quddusdan hayot suvi+ oqib chiqadi+. Suvning yarmi sharqdagi dengizga*+, yarmi g‘arbdagi dengizga*+ quyiladi. Yozda ham, qishda ham shunday bo‘ladi.
9 Butun yer yuzi bo‘ylab Yahova Shoh bo‘ladi+. O‘sha kuni Yahovaning O‘zi yagona+, ismi ham yagona bo‘ladi+.
10 Butun yurt — Quddusning janubidagi G‘ibodan+ Rimmongacha+ Araba+ kabi bo‘ladi. Quddus o‘z joyida qad rostlaydi+ va Benyamin darvozasidan+ Birinchi darvozagacha, Burchak darvozasigacha hamda Xanonil minorasidan+ to shohga tegishli uzum siqadigan joygacha odamlar yashaydi.
11 Quddusda odamlar yashaydigan bo‘ladi. Bundan keyin u hech qachon qarg‘ishga uchrab vayron qilinmaydi+, Quddus xavfsizlikda yashaydi+.
12 Quddusga qarshi jang qilgan hamma xalqlarni Yahova bunday jazolaydi+: tirikligidayoq ularning badani chirib ketadi, ko‘zlari kosasidayoq, tillari og‘izlaridayoq chirib ketadi.
13 O‘sha kuni Yahova ularni qattiq sarosimaga soladi. Har bir kishi o‘z yaqinini ushlab oladi va yaqiniga qarshi qo‘l ko‘taradi+.
14 Yahudo ham Quddusdagi jangga qo‘shiladi. Atrofdagi barcha xalqlarning boyligi — nihoyatda ko‘p oltin, kumush va kiyim yig‘ib olinadi+.
15 Xuddi shunday jazoga otlar, xachirlar, tuyalar, eshaklar va dushmanlar qarorgohidagi butun chorva duchor bo‘ladi.
16 Quddusga qarshi chiqqan barcha xalqlardan omon qolganlar har yili Shohga — Qo‘shinlar Sarvari Yahovaga topinish+ va Chaylalar bayramini* nishonlash+ uchun kelishadi+.
17 Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shohga — Qo‘shinlar Sarvari Yahovaga topinish uchun kelmasa, ularning yeriga yomg‘ir yog‘maydi+.
18 Bordi-yu, Misr xalqi kelmasa va shaharga kirmasa, ularning yeriga ham yomg‘ir yog‘maydi. Chaylalar bayramini nishonlash uchun kelmagan xalqlarni Yahova qanday jazolagan bo‘lsa, ular ham shunday jazoga mubtalo bo‘ladi.
19 Bu, Misrning hamda Chaylalar bayramini nishonlash uchun kelmagan barcha xalqlarning gunohi uchun jazo bo‘ladi.
20 O‘sha kuni “Yahova muqaddasdir”+ degan yozuv otlarning qo‘ng‘iroqchalarida yozilgan bo‘ladi. Yahovaning uyidagi doshqozonlar+ qurbongoh oldidagi kosalarday+ bo‘ladi.
21 Quddus va Yahudodagi har bir doshqozon muqaddas bo‘ladi va Qo‘shinlar Sarvari Yahovaga tegishli bo‘ladi. Qurbonlik qilmoqchi bo‘lganlarning hammasi kelib, bu doshqozonlarda go‘sht pishiradi. O‘sha kuni Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning uyida kan’onlik* boshqa bo‘lmaydi»+.
Izohlar
^ Ya’ni 2- oyatdagi shahar nazarda tutilgan.
^ Ya’ni O‘rta dengiz.
^ Ya’ni O‘lik dengiz.
^ Boshqa variant «savdogar».