101-QO‘SHIQ
Bahamjihat xizmat qilaylik
-
1. Rab bizni zolim dunyodan
O‘z xalqi tomon chorlagan.
Bu xalqda topdik birdamlik,
Fayz-halovat, shodlik.
Biz uchun azizdir
Shu kabi do‘stlik.
Ko‘pdir ish bugun dalada,
Yo‘l-yo‘riq Tangri bermoqda.
Biz Unga xizmat qilaylik
Va saqlaylik birlik!
-
2. Bersin deb Alloh yakdillik,
Chin dildan duo qilaylik.
Qalb shunda to‘lar sevgiga,
Madh kuylanar Rabga.
Zavq, orom bergaydir
Tinch-totuv hayot.
Gar in’om etsak muhabbat,
Baxsh etgay Xudo farog‘at.
Shu yo‘sin bo‘lgaymiz albat
Doim bahamjihat.
(Shuningdek, Mixo 2:12; Zaf. 3:9; 1 Kor. 1:10 ga qarang.)