130-QO‘SHIQ
Kechirimli bo‘laylik
-
1. Rab qurbon qilgandi
Tayyorlik ila O‘g‘lin.
O‘limni yengib butunlay,
U bizni qildi erkin.
Chin dildan tavba qilsak gar,
Kechirgay Alloh albat.
So‘rasak Iso ismi-la,
Ko‘rsatgay U ko‘p shafqat.
-
2. Gar Rabga taqlidan
Kechirsak dildan mudom,
Do‘st-yorni xafa qilmay biz,
Ko‘rsatsak izzat-ikrom,
Chidamli, hamdard bo‘lsak gar,
Mehrimiz etsak ehson,
Afv etgay Xudo bizni ham,
Lutfini aylar in’om.
-
3. Gar shafqat qilsak biz
Har kimga va har yerda,
Dil to‘lgay shunda sevgi-la,
Qolmaydi nafrat unda.
Yahova O‘zi sevgidir,
U erur a’lo o‘rnak.
Biz Unga taqlid qilgaymiz,
Kechirish-chun shay tursak.
(Shuningdek, Mat. 6:12; Efes. 4:32; Kolos. 3:13 ga qarang.)