Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

47-QO‘SHIQ

Har kuni Yahovaga duo qil

Har kuni Yahovaga duo qil

(1 Salonikaliklarga 5:17)

  1. 1. Rab Yahova tinglaydi qulini,

    U ibodatdek berdi in’omni.

    Do‘st bo‘l Unga, to‘kib sol dardingni,

    U qo‘llagaydir hamisha seni.

    Har kun duo qil Unga.

  2. 2. Rab hayotni bergani-chun senga

    Ko‘p rahmatlar ayt astoydil Unga.

    Ayla oshkor o‘tinchda ayblaring,

    Zero bilar U ojiz ekaning.

    Har kun duo qil Unga.

  3. 3. Yolvor Haqqa sinovlar paytida,

    Do‘stdek turgay U mudom oldingda.

    Bor qo‘rquvni yengishga kuch bergay

    Va panohi ostida asragay.

    Har kun duo qil Unga.