87-QO‘SHIQ
Keling, halovat toping!
-
1. Mag‘rur va beboshdir bugun odamlar,
Xudobexabardir ular.
To‘g‘ri so‘qmoqni tanlamoq-chun bizga
Kerakdir Rabdan o‘gitlar.
Birga yig‘ilib, halovat topamiz,
Umid, imonga to‘lamiz.
Ezgu ishlarni qilmoqni o‘rganib,
Dalda-tasalli olamiz.
Alloh so‘zlarin hech qachon unutmay,
Bajo aylaymiz niyatin.
Chorlar Yahova haq yo‘lni sevishga,
Berib har hafta ta’limin.
-
2. Tangri biz uchun g‘amxo‘rlik qiladi,
Undan maslahat olamiz.
Qo‘ldan boy bermay yig‘ilmoq fursatin,
Imon namoyon yetamiz.
Rabga tayanib yashashni o‘rgatar
Bizga ma’naviy cho‘ponlar.
Ko‘mag-u mehrin ayamas jamoat,
Chin do‘stdek qo‘llab-quvvatlar.
Nihoyat muhimdir birga uchrashmoq,
Axir oxirat kelmoqda.
Bilib olamiz donolik sirlarin,
Bo‘lsak jamuljam shu yerda.
(Shuningdek, Zab. 37:18; 140:1; Hik. 18:1; Efes. 5:16; Yoqb. 3:17 ga qarang.)