Oilasida tahqir qilinadiganlar uchun yordam
«Dunyo bo‘ylab ayollar tahqirlanishga duch keladi. Bu xuddi keng tarqalgan kasallik kabi. Buni to‘xtatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur»,— deb xabar bermoqda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti. Bu tashkilotning xabar berishicha, turmushda yoki nikohsiz yashayotgan deyarli 30 foiz ayollar o‘z jufti tomonidan jismoniy va/yoki jinsiy tahqirlanishga duch keladi. BMTning yilgi hisobotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab har kuni taxminan 137 ta ayol jufti yoki boshqa oila a’zosi tomonidan o‘ldiriladi a.
Hisobotlar oilada tahqir qilinishga duch kelish borasidagi muammo qanchalik miqyosda ekanini ko‘rsatishi mumkin, biroq har bir jabr ko‘rgan kishi hissan va jismonan azob chekkanini umuman aks ettirmaydi.
Siz ham oilangizda tahqirlarga duch kelyapsizmi? Yoki bunday vaziyatga duchor bo‘lgan kimnidir bilasizmi? Unday bo‘lsa, quyida Muqaddas Kitobdan keltirilgan foydali fikrlarga e’tibor bering.
Oiladagi tahqirlarga chek qo‘yiladi
Buning qurboni bo‘lgan kishiga qay yo‘sin ko‘maklasha olasiz?
Bunda sizning aybingiz yo‘q
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Har birimiz o‘zimiz uchun Xudoga hisobot beramiz». (Rimliklarga 14:12)
Buni yodda tuting: Sizni tahqirlagan kishi qilmishi uchun javobgar.
Sizni tahqirlagan kishi yuz bergan voqeada sizni ayblayotgan bo‘lsa, unutmangki, muammo sizda emas, unda. Xotinlar tahqir qilinishga va qo‘pollikka emas, sevilishga va g‘amxo‘rlikka loyiq. (Kolosaliklarga 3:19)
Ba’zida, o‘z juftini tahqir qilayotgan inson aqliy kasallikka chalingan, o‘z oilasida buni ko‘rib ulg‘aygan yoki spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, siz bilan shu kabi yo‘l tutayotganida u Xudoning oldida javobgar. Siz emas, u o‘z harakatlarini o‘zgartirishi zarur.
Yordam olishingiz mumkin
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Maslahatchi ko‘p bo‘lsa, ular [rejalar] amalga oshadi». (Hikmatlar 15:22)
Buni yodda tuting: Agar biron xavf his etayotgan yoki nima qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz, boshqalardan yordam so‘rang.
Nega boshqalarning yordami kerak bo‘lishi mumkin? Oilada tahqir qilinishga duch kelish juda murakkab masala. Qanday yo‘l tutish yaxshiroq ekanini hal qilish uchun barcha omillarni chamalab, qay biri muhimroq ekanini aniqlashingiz zarur:
Shaxsiy xavfsizlik
Farzandlarning xavfsizligi
Moddiy vaziyat
Juftingizga bo‘lgan sevgi
Juftingiz o‘zgarsa, munosabatlaringizni saqlab qolish istagi
Buni yolg‘iz o‘zingiz hal qilsangiz, nima qilishni bilmasligingiz va xavotirlanishingiz tabiiy. Sizga kim yordam berishi mumkin?
Ishongan do‘stingiz yoki oila a’zoingiz sizga amaliy va hissiy yordam berishi mumkin. G‘amingizni yeydigan inson bilan gaplashishning o‘zi sizga ko‘p yordam beradi.
Ishonch telefonlari oilada tahqir qilinadigan insonlarga zudlik bilan yordam berishi mumkin. U yerda ishlaydigan kishilar o‘zingizni qanday himoya qila olishingiz masalasida ko‘maklashishi mumkin. Juftingiz sizni tahqirlashni to‘xtatishi uchun yordamga muhtoj ekanini tushunsa va o‘zgarishni chin dildan xohlasa, bu ishchilar u qo‘yishi kerak bo‘lgan ilk qadamlari bilan yordam beradi.
Boshqalar ham shoshilinch yordamga muhtoj bo‘lganingizda ko‘maklashishi mumkin. Ehtimol sizga shifokor, hamshira yoki boshqa mutaxassislarning ko‘magi kerakdir.
Siz yolg‘iz emassiz
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Yahova b qalbi o‘ksiganlarga yaqindir, ruhan ezilganlarni U qutqaradi». (Zabur 34:18)
Buni yodda tuting: Alloh sizga yordam berishni istaydi.
Tangri Yahova sizga g‘amxo‘rlik qiladi. (1 Butrus 5:7) U ich-ichingizdagi fikr va tuyg‘ularingizni tushunadi. U sizga O‘z Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitob orqali tasalli bera oladi. Shuningdek, Unga ibodat qilishingizni xohlaydi. Ibodat qilganingizda, Xudo sizga vaziyatingizni qanday hal qila olishingizni tushunishingiz uchun kerakli donolik va kuch bera oladi. (Ishayo 41:10)
Oiladagi tahqirlarga chek qo‘yiladi
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Ularning har biri o‘zining toki va anjir daraxti tagida o‘tiradi. Ularni hech kim dahshatga solmaydi». (Mixo 4:4)
Buni yodda tuting: Muqaddas Kitobda va’da berilganiday, yaqinda har bir inson uchun xonadoni osoyishta joy bo‘ladigan vaqt keladi.
Tangri Yahova barcha muammolarimizga butkul chek qo‘yib, ularni abadulabad hal qilishga qodir yagona Shaxs. Muqaddas Kitobda shunday va’dani o‘qiymiz: «Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi». (Vahiy 21:4) O‘shanda, barcha yomon xotiralarimizdan iz ham qolmaydi. Ularning o‘rniga yoqimli, yaxshi hissiyotlarni tuyamiz. (Ishayo 65:17) Muqaddas Kitobga ko‘ra, sizni aynan shu kabi xotirjam kelajak kutmoqda.