HAYOT TARZIMIZ | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Qiziquvchilarga Yahova bilan shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashing
Yahova Uni sevganimiz uchun Unga xizmat qilishimizni istaydi. (Mt 22:37, 38) Aynan Allohga bo‘lgan sevgi qiziquvchilarga hayotida kerakli o‘zgarishlar qilish va sinovlarda mahkam turish uchun kuch beradi. (1Yuh 5:3) Qolaversa, bu sevgi ularni suvga cho‘mishga undaydi.
Qiziquvchilarga Xudo ularni sevishini his qilishga ko‘maklashing. Masalan, ularga shunday savollar bering: Bundan Yahova haqida nimani bilib olyapsiz? Bu fikr Xudo sizni sevishini qanday ko‘rsatyapti? Shuningdek, Yahova shaxsan ularga qanday yordam berayotganini ko‘rishga ko‘maklashing. (2Sl 16:9) Qiziquvchilar bilan Yahova ibodatlaringizga qanday javob bergani haqida bo‘lishing va ularni ham Yahova ibodatlariga qanday javob berayotganini payqashga undang. Ular Yahovaning sevgisini his qilayotganini va Uning do‘sti bo‘lishni istayotganini ko‘rganimizda juda xursand bo‘lamiz.
«MUQADDAS KITOBNI O‘RGANAYOTGANLARGA YAHOVA BILAN SHAXSIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Jeyd qanday qiyinchilikka duch keldi?
-
Nita Jeydga qay yo‘sin yordam berdi?
-
Jeydga qiyinchilikni yengib o‘tishga nima ko‘maklashdi?