HAYOT TARZIMIZ
Istaklaringizni doim nazorat qiling
Nomukammal bo‘lganimiz uchun istaklarimizni doim nazorat qilishimiz lozim. Agar istaklarimizga erk bersak, Yahovaning marhamatidan mahrum bo‘lishimiz mumkin. Masalan, ayrimlar oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga ega bo‘lish istagini Xudoga bo‘lgan sevgidan ustun qo‘yishadi. Boshqalar esa jinsiy istaklarini Xudoning me’yorlariga zid ravishda qondirishadi. (Rm 1:26, 27) Yana kimdir boshqalarga yoqish va ma’qul kelish uchun ularning bosimiga berilib, yomon ishlarga qo‘l uradi. (Chq 23:2)
Qay yo‘sin istaklarimizni nazorat qila olamiz? Diqqatimizni qo‘ldan kelgancha ma’naviy narsalarga qaratishimiz lozim. (Mt 4:4) Shuningdek, istaklarimizni nazorat qilish uchun Yahovadan yolvorib yordam so‘rashimiz darkor. Nega? Chunki U o‘rinli istaklarimizni qanday qondirishni va biz uchun nima yaxshi ekanini biladi. (Zb 145:16)
«CHEKISHNING QULI BO‘LMANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Ba’zi odamlar nima uchun chekishadi?
-
Chekish sizga qanday ta’sir qilishi mumkin?
-
Nega sigaret hamda veyplarni chekish noto‘g‘ri? (2Kr 7:1)
-
Qanday qilib chekishdan bosh tortishingiz yoki hatto ushbu odatdan qutulishingiz mumkin?