HAYOT TARZIMIZ
Yahova mehr-sadoqat ko‘rsatishidan shubhalanmang
Siz Yahova uchun qadrlisiz. (Isha 43:4) U sizni O‘ziga va tashkilotiga jalb qildi. Yahovaga bag‘ishlanib, suvga cho‘mgach, Unga tegishli bo‘ldingiz. U sizni o‘zgacha mulki deb bilgani uchun, hatto qiyinchiliklar paytida ham sizga g‘amxo‘rlik qiladi va tashkiloti orqali mehr-sadoqatini ko‘rsatadi. (Zb 25:10)
Yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar paytida Yahovaning tashkiloti qanday choralar ko‘rganini kuzatib, Uning mehr-sadoqati uchun minnatdorchiligimizni oshira olamiz.
«RAISLAR QO‘MITASINING 2019-YIL UCHUN HISOBOTI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qay yo‘sin Raislar qo‘mitasi dunyo bo‘ylab filiallarni ofatlar paytida choralar ko‘rishga tayyorlaydi?
-
Qanday qilib Yahovaning tashkiloti Indoneziya hamda Nigeriyada yuz bergan ofat paytida yo‘l-yo‘riq va yordam taqdim etdi?
-
COVID-19 pandemiyasi paytida tashkilotimiz ko‘rgan choralar sizda nimasi bilan taassurot qoldirdi?