Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Oilangizning quvonchiga hissa qo‘sha olasiz

Oilangizning quvonchiga hissa qo‘sha olasiz

Yahova oilalar baxtli bo‘lishini istaydi. (Zb 127:3–5; Vz 9:9; 11:9) Ammo bu dunyodagi stress va oila a’zolarimizning xatolari dastidan quvonchimizni yo‘qotishimiz mumkin. Oilaning quvonchiga uning har biz a’zosi qanday hissa qo‘sha oladi?

Er xotinini e’zozlaydi. (1Btr 3:7) U xotini bilan birga vaqt o‘tkazadi. U xotinining imkoniyatlarini inobatga olib, undan haddan tashqari ko‘p narsani kutmaydi. Er turmush o‘rtog‘i uning va oilasining manfaatini ko‘zlab qilayotgan ishlari uchun minnatdor ekanini ko‘rsatadi. (Kls 3:15) U rafiqasiga sevgisini izhor qiladi va uni maqtaydi. (Hk 31:28, 31)

Xotin erini qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini izlaydi. (Hk 31:12) U eriga bo‘ysunadi va u bilan hamkorlik qiladi. (Kls 3:18) U eri bilan mehribonlik ila gaplashadi, qolaversa, boshqalarga u haqda ijobiy gapiradi. (Hk 31:26)

Ota-onalar farzandlari bilan birga vaqt o‘tkazishadi. (Qn 6:6, 7) Shuningdek, bolalariga ularni yaxshi ko‘rishini aytib turishadi. (Mt 3:17) Farzandlariga tarbiya berayotib, ular sevgi va aql-idrokni namoyon etishadi. (Ef 6:4)

Farzandlar ota-onasini hurmat qiladi va ularga quloq soladi. (Hk 23:22) Ular ota-onasi bilan fikrlari-yu tuyg‘ularini bo‘lishadi. Bolalar ota-onasining tarbiyasini qabul qiladi va ularni e’zozlaydi. (Hk 19:20)

«OILANGIZDA QUVONCHNI RIVOJLANTIRING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLGA JAVOB BERING:

Oilada quvonchni rivojlantirish uchun uning har biz a’zosi nima qildi?