Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Bezoriga duch kelganda Yahovaga tayaning

Bezoriga duch kelganda Yahovaga tayaning

Bezorilar bizga jismoniy va hissiy og‘riq keltirishi mumkin. Ular Yahovaga topinishimizga qarshilik ko‘rsatishganida qo‘rquvga berilsak, Yahova bilan bo‘lgan do‘stligimizga putur yetishi hech gap emas. Qanday qilib o‘zingizni bezorilardan himoyalay olasiz?

Yahovaning ko‘plab xizmatchilari bezorilarga qarshi kurashda Yahovaning yordami bilan g‘alaba qozongan. (Zb 18:17) Masalan, Ester Xomon ismli kishining yovuz rejalarini oshkor qilish uchun shohga u haqda bor gapni aytadi. (Est 7:1–6) Lekin buni qilishdan oldin u ro‘za tutib, Yahovaga tayanganini ko‘rsatadi. (Est 4:14–16) Yahova uning harakatlariga baraka berib, uni va xalqini himoya qiladi.

Yoshlar, agar bezoriga duch kelsangiz, Yahovadan yordam so‘rang va muammoyingiz haqida voyaga yetgan ma’nan yetuk masihiy, masalan, otangiz yoki onangiz bilan gaplashing. Yahova Esterga yordam bergani kabi sizga ham ko‘maklashishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Bezorilarga duch kelganda yana nimalar qila olasiz?

«O‘SMIRLIGIM. BEZORILARNI QANDAY YENGSAM BO‘LADI?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Charli va Ferinning misollaridan yoshlar nimani o‘rganishlari mumkin?

  • Ota-onalar Charli va Ferinning sharhlaridan bezorilarga duch kelayotgan farzandlariga yordam berish borasida nimani o‘rgana olishadi?