Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

15–21-iyul

ZABUR 63–65

15–21-iyul

108-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «Mehr-sadoqating hayotdan ham afzalroqdir»

(10 daq.)

Xudo bilan yaqin munosabatlar hayotdan ham muhimroqdir (Zb 63:3; w01 15/10 15–16-sah., 17-, 18-xb.)

Yahovaning bizga ko‘rsatgan mehr-sadoqati ustida mulohaza yuritganimizda Unga bo‘lgan minnatdorchiligimiz oshadi (Zb 63:6; w19.12 28-sah., 4-xb.; w15 15/10 24-sah., 7-xb.)

Xudoning mehr-sadoqati uchun minnatdorchilik bizni Unga hamdu sano aytishga undaydi (Zb 63:4, 5; w09 15/7 16-sah., 6-xb.)

OILAVIY TOPINISH UCHUN: Yahova sizga qay yo‘sin mehr-sadoqatini ko‘rsatganini muhokama qiling.

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 64:3. Qay yo‘sin bu oyat bizni ijobiy so‘zlarni ishlatishga undaydi? (w15 15/12 20-sah., 10-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(2 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Uy egasi sizning tilingizda gapirmaydi. (lmd 3-dars, 4-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(2 daq.) NORASMIY XIZMAT. Shohidlik berishingizdan oldin suhbat tugaydi. (lmd 2-dars, 4-paragraf)

6. Suhbat boshlash

(3 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. Suhbatdoshingizni qiziqtiradigan mavzuni toping va u bilan yana gaplashishga kelishib oling. (lmd 1-dars, 5-paragraf)

7. E’tiqodingizni tushuntirish

(4 daq.) Namoyish. ijwfq 51-maqola. Mavzu: «Nega Yahovaning Shohidlari: “Bu meni qiziqtirmaydi”,— degan odamlarnikiga qayta borishadi?» (lmd 4-dars, 3-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

154-qo‘shiq

8. Qay yo‘sin Xudoga sevgimizni ko‘rsata olamiz?

(15 daq.) Muhokama.

Yahova «[mehr-sadoqatga]... boy». (Zb 86:15) «Mehr-sadoqat» iborasi burch, benuqsonlik, sadoqat va qattiq bog‘lanish tufayli ko‘rsatiladigan sevgini bildiradi. Garchi Yahova hamma odamlarga sevgi ko‘rsatsa-da, mehr-sadoqatini faqat xizmatchilariga, ya’ni U bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan kishilarga namoyon etadi. (Zb 33:18; 63:3; Yuh 3:16; Hv 14:17) Yahovaning mehr-sadoqati uchun minnatdor ekanimizni Unga sevgimizni namoyon etish orqali ko‘rsata olamiz. Qay yo‘sin Yahovaga sevgimizni namoyon etsak bo‘ladi? Buni Uning qonunlariga, jumladan, «shogird tayyorla[sh]» amriga bo‘ysunish orqali qilishimiz mumkin. (Mt 28:19; 1Yuh 5:3)

«Xizmatda so‘nmas sevgini namoyon eting» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Quyidagilarga qaramay, qay yo‘sin sevgi bizni xushxabarni boshqalar bilan bo‘lishishga undaydi?

  • Charchaganimizga

  • Qarshiliklarga duch kelganimizga

  • Kundalik ishlar bilan band bo‘lganimizga

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 79-qo‘shiq va ibodat