19–25-fevral
ZABUR 8–10
2-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)
1. «Ey Yahova, Seni... madh etaman»
(10 daq.)
Yahova bizga nihoyatda mehribon (Zb 8:3–6; w21.08 3-sah., 6-xb.)
Boshqalarga Yahovaning ajoyib ishlari haqida gapirib, Uni madh etishdan baxtiyormiz (Zb 9:1; w20.05 23-sah., 10-xb.)
Sidqidildan kuylab ham Yahovani madh eta olamiz (Zb 9:2; w22.04 7-sah., 13-xb.)
O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Yana qaysi yo‘llar bilan Yahovani madh eta olaman?»
2. Ma’naviy marvaridlar
(10 daq.)
-
Zb 8:3, izoh. Sano bastakori Xudoning «barmoqlari» haqida aytganda nimani nazarda tutgan? (w11 15/2 6-sah., 4-xb.)
-
Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?
3. Muqaddas Kitob qiroati
(4 daq.) Zb 10:1–18 (th 11-dars)
4. Suhbat boshlash
(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Uy egasi Xudoga ishonmasligini aytadi. (lmd 5-dars, 4-paragraf)
5. Qiziqishni rivojlantirish
(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Oldingi suhbat paytida inson Xudoga ishonmasligini, lekin Yaratuvchi mavjud ekanining dalillarini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan. (th 7-dars)
6. Nutq
(5 daq.) w21.06 6–7-sah., 15–18-xb. Mavzu: «Tadqiq o‘tuvchiga Yahovani sharaflashga yordam bering». (th 10-dars)
10-qo‘shiq
7. Qay yo‘sin tabiiy tarzda norasmiy shohidlik bera olamiz?
(10 daq.) Muhokama.
Kundalik hayotimizda uchratadigan insonlarga shohidlik berish Yahovani ko‘proq sharaflashning usullaridan biridir. (Zb 35:28) Avvaliga norasmiy shohidlik berish haqida o‘ylaganimizda qattiq hayajonlanarmiz. Biroq tabiiy tarzda suhbat boshlab, uni davom ettirishni o‘rgansak, bu xizmat turida samarali ishtirok etishimiz va hatto uni yaxshi ko‘rib qolishimiz mumkin!
«“Tinchlik xushxabarini” va’z qilishga tayyor bo‘ling. Tashabbus ko‘rsating» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:
Mazkur videodan norasmiy xizmatda samarali bo‘lishingizga yordam bera oladigan nimalarni o‘rgandingiz?
Quyida suhbat boshlashingizga ko‘maklashadigan bir nechta maslahat keltirilgan:
-
Har safar uydan chiqqaningizda kim bilandir suhbat boshlash imkonini izlang. Bu haqda ibodat qiling va Yahovadan sizni samimiy insonning oldiga yo‘naltirishini so‘rang
-
Xushmuomala bo‘ling va uchratgan insonlaringizga samimiy qiziqish ko‘rsating. Inson bilan yaqinroq tanishishga intiling, shunda Muqaddas Kitobdagi qaysi haqiqat uni qiziqtirishi mumkinligini aniqlay olasiz
-
O‘rinli bo‘lsa, u bilan bog‘lanish uchun kerakli ma’lumotlarni olishga harakat qiling
-
Suhbat shohidlik berishingizdan oldin tugab qolsa, xafa bo‘lmang
-
Suhbatlashib bo‘lgandan keyin ham inson haqida o‘ylang. Muqaddas Kitobdagi birorta oyat yoki jw.org saytidagi maqolaga havola yuborib, unga shaxsiy qiziqish ko‘rsatishda davom eting
Shuni qo‘llab ko‘ring: Kim bilandir suhbatlashib qolganingizda u: «Qayerda ishlaysiz?» yoki «Bolalardan nechta?» — deb so‘rasa, fursatdan foydalanib unga Muqaddas Kitobda mehnat yo farzand tarbiyasi haqida nimalar deyilganini aytib bering.
8. Mahalliy ehtiyojlar
(5 daq.)
9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi
(30 daq.) bt 6-bob, 1–8-xb. va 2-bo‘limga kirish so‘zlari