Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Men uchun nima eng muhim?

Men uchun nima eng muhim?

Yoqub farishta bilan juda muhim bir narsa — Yahovaning barakasi uchun kurashgan. (Ibt 32:24–31; Hsh 12:3, 4) Biz haqimizda nima desa bo‘ladi? Yahovaga bo‘ysunish va Uning barakasini olish uchun jon kuydirishga tayyormizmi? Masalan, agar bizga jamoat yig‘ilishiga borish va dunyoviy ishda qo‘shimcha bir necha soat ishlash orasida tanlash imkoni berilsa, nimani tanlagan bo‘lardik? Yahovaga bor vaqtimiz, kuchimiz va mablag‘larimizni bersak, U hech narsada muhtojlik ko‘rmasligimiz uchun bizga «baraka yog‘diradi». (Ml 3:10) U yo‘l-yo‘riq va himoya taqdim etadi hamda ehtiyojlarimizga g‘amxo‘rlik qiladi. (Mt 6:33; Ibr 13:5)

«MA’NAVIY MAQSADLARGA INTILISHDAN TO‘XTAMANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qay yo‘sin opamizning yoqtirgan narsasi u uchun sinovga aylandi?

  • Qanaqasiga ishimiz biz uchun sinovga aylanishi mumkin?

  • Nega Timo‘tiy ma’nan yetuk bo‘lsa-da, yangi ma’naviy maqsadlarga intilishda davom etishi kerak edi? (1Tm 4:16)

  • Hayotingizda siz uchun eng muhim narsa nima?

    Biz uchun qaysi ish eng muhim ekanini qanday ko‘rsata olamiz?