Yahovaning Shohidi bo‘lgan bemorlar odatda tezroq tuzaladi
AVSTRALIYA. «Yahovaning Shohidi bo‘lgan bemorlar e’tiqodi tufayli qon quyishga qarshi bo‘lishadi va odatda boshqa bemorlarga qaraganda tezroq tuzalishadi»,— deb 2012-yil 2 oktyabr sonidagi «Sidney morning gerld» gazetasida aytilgan («The Sydney Morning Herald»).
O‘sha gazetada, Sidneydagi universitetning tibbiy bo‘limining Jeyms Isbister ismli professorning so‘zlari keltirilgan. U yerda shunday deyilgan: «Professor Isbisterning aytishicha, shifokorlar ortiqcha qon yo‘qotilishdan qochish uchun Yahovaning Shohidlariga eng yaxshi davolanish usullarini taklif etishgan. Natijada, Yahovaning Shohidi bo‘lgan bemorlar boshqalardan ko‘ra kamroq o‘lishadi va operatsiya davomida qon quyilgan bemorlarga qaraganda, shifoxonadan tezroq chiqishadi».
Boshqa mutaxassislar ham xuddi shunday fikrda. Amerika tibbiyoti jamiyati tomonidan chop etiladigan jurnalning 2012-yil 2-iyul sonida, yuragiga operatsiya qilingan Yahovaning Shohidi bo‘lgan bemorlar to‘g‘risida quyidagilar yozilgan: «Bir xil vaziyatlarda bo‘lgan bemorlarga qaraganda, Shohidlarda kamroq jiddiy asoratlar bo‘lib, shifoxonadan tezroq chiqishardi».