Manxattan uchun yangilik
2011-yili noyabrda Yahova Shohidlarining bir guruhi, ko‘rgazmali stend va adabiyot tashiydigan aravachani qo‘yib, Manxattanda odamlarni Muqaddas Kitobdagi xabar bilan tanishtira boshladi. Ushbu kampaniya Manxattanning janubiy qismida, Nyu-Yorkning eng gavjum va eski hududida o‘tkazildi.
Ushbu hudud to‘rt qismga bo‘lingan bo‘lib, har birida, ayniqsa ko‘p odam o‘tadigan bir nechta joyda Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlar terib qo‘yilgan stol va aravachalar o‘rnatilgan. Ularning yonida mahalliy va’zgo‘ylar turgan. Aksariyat stendlar, vokzallarda yoki ularga yaqin joylarda, qolaversa har kuni o‘n minglab odamlar o‘tib ketadigan bekatlar yonida qo‘yilgan.
Ushbu stendlar oldida, odamlar anchagina savollarning Muqaddas Kitobga asoslangan javoblarini topishgan. U yerda ko‘p vaqt davomida qolishni xohlamagan kishilar, keyinroq o‘qib chiqish uchun o‘zi bilan biron-bir adabiyotni olishi mumkin.
Adabiyotlar bir necha tillarda mavjud. Agar qaysidir tilda bo‘lmasa, uni buyurtma qilib, bir necha kundan so‘ng olib ketish mumkin.
Jamiyat va hokimiyat bu tashabbusni yaxshi qabul qilishdi. Masalan, polisiya xodimi: «Shuncha vaqt qayerda bo‘lgansizlar? Sizlarda, odamlarga zarur bo‘lgan narsa bor
»,— dedi.
Bir kishi, «Muqaddas Kitob ta’limotlari» kitobini ko‘rganda, darrov to‘xtab qolibdi. Gap shundaki, metroda odamlar bu kitobni o‘qiyotganiga u ahamiyat berib, uni qayerdan topishi mumkinligi borasida o‘ylagan ekan. Endi, uni qayerdan topishni biladi.
Bir yigit olti hafta mobaynida har kuni ishga borayotib, shunday stendlarning oldidan o‘tib ketgan ekan. Oxir-oqibat, u to‘xtab: «Menga yordam kerak
»,— debdi. O‘sha stend yonida turgan Yahovaning Shohidlari unga yordam berishga tayyor bo‘lishibdi. Ular unga Muqaddas Kitob berib, undan qanday qilib foyda olish mumkinligini ko‘rsatishibdi.
O‘tgan-ketgan insonlarda kuchli qiziqish paydo bo‘lib, ma’naviy narsalarni muhokama qilish uchun to‘xtashadi. Oxirgi bir oy ichida, Manxattanda ushbu kampaniya o‘tganda, odamlar 3 797 jurnal va 7 986 kitob olishdi.