Asosiy materiallarga o‘tish

Butun dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining soni qancha?

Butun dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining soni qancha?

2019 xizmat yilining hisoboti

Dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining soni

8 816 562

Jamoatlar soni

118 177

Yahovaning Shohidlari va’z qiladigan mamlakat va hududlar soni

239

2023 yilning hisoboti

2023 yilning mamlakat va hududlar bo‘yicha hisoboti

Nechta Yahovaning Shohidi borligini qanday hisoblaysiz?

 Biz Xudoning Shohligi haqidagi xushxabarni har oy faol tarzda va’z qiladiganlarni Yahovaning Shohidi deb hisoblaymiz. (Matto 24:14) Bu songa Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mganlar va suvga cho‘mmagan, ammo va’z qilish uchun talablarga mos keladiganlar kiradi.

Yahovaning Shohidi bo‘lish uchun xayr-ehson qilish kerakmi?

 Yo‘q. Yahovaning Shohidi yoki muayyan vazifalarga ega bo‘lish uchun hech qanday xayr-ehson talab etilmaydi. (Havoriylar 8:18–20) Darhaqiqat, aksariyat xayr-ehsonlar anonim tarzda qilinadi. Har bir Yahovaning Shohidi o‘z xohishi hamda sharoitiga qarab, vaqti, kuchi va mablag‘ini umumjahon faoliyatimizga bag‘ishlaydi. (2 Korinfliklarga 9:7)

Faol bo‘lgan Yahova Shohidlarining sonini qanday aniqlaysiz?

 Har oy Yahovaning Shohidlari va’z qilgani borasida mahalliy jamoatiga hisobot topshirishadi. Bu hisobot ixtiyoriy.

 Jamoat a’zolarining hisobotlari umumiylashtirilib, mahalliy filialga jo‘natiladi. So‘ng, har bir mamlakat yoki hududning hisoboti bosh idoraga yuboriladi.

 Har bir xizmat yilining a oxirida, o‘sha yili muayyan mamlakat yoki hududdagi Yahova Shohidlarining eng yuqori soni belgilanadi. Raqamlar jamlanib, butun dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining soni aniqlanadi. Har bir mamlakat bo‘yicha shunga o‘xshash hisobotlar saytimizdagi «Dunyo bo‘ylab» sahifasida keltiriladi. Ilk masihiylar bilan bo‘lganidek, bunday ma’lumot bizga ham dalda baxsh etadi. (Havoriylar 2:41; 4:4; 15:3)

Sizlar bilan muloqot qiladigan, biroq va’z qilmaydiganlarni hisobga kiritasizmi?

 Garchi bunday insonlarni Yahova Shohidlarining soniga qo‘shmasak-da, ularni yig‘ilishimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Ularning ko‘pchiligi Qutlug‘ Kechlik marosimiga keladi. Shu bois, bu marosimga kelganlarning umumiy sonidan Yahova Shohidlarining sonini ayirib, ularning sonini taxminan aniqlash mumkin. 2019-yili Qutlug‘ Kechlikka 20919041 kishi kelgan edi.

 Jamoat uchrashuvlarimizga keladigan ko‘pgina odamlar bilan bepul tarzda Muqaddas Kitob tadqiqi o‘tkaziladi. 2019-yili har oy o‘rtacha hisobda 9618182ta tadqiq o‘tkazilgan. Ayrim tadqiqlar bir vaqtning o‘zida bir nechta odam bilan o‘tkazilgan.

Nega hukumatning hisobotida, siz taqdim etgan hisobotga qaraganda Yahova Shohidlarining soni ko‘proq?

 Ro‘yxatga olish idoralari tomonidan ko‘pincha, inson qaysi din vakili ekanligi borasida so‘rovnoma o‘tkaziladi va shunga qarab muayyan son aniqlanadi. Misol uchun, Amerika statistika byurosi o‘tkazgan so‘rovnomalarga binoan, «so‘rovda qatnashganlar o‘zini qaysi din a’zosi deb bilishini aniqlashi kerak edi». Shu bilan birga, byuroning ta’kidlashicha, so‘rov natijasi «faktlarga emas, shaxsiy javoblarga asoslangan». Biz esa, va’zgo‘ylik faoliyatida qatnashganlarnigina hisoblaymiz, shunchaki o‘zini Yahovaning Shohidi deb ataganlarni hisobga qo‘shmaymiz.

a Xizmat yili kalendar yilining 1-sentabrdan 31-avgustgacha davom etadi. Masalan, 2015 xizmat yili 2014-yili 1-sentabrda boshlanib, 2015-yili 31-avgustgacha davom etadi.