Nega Yahovaning Shohidlari uyma-uy va’z qilishadi?
Iso alayhissalom izdoshlariga «barcha xalqlardan shogird tayyorlashni» aytgan. (Matto 28:19, 20) U ilk shogirdlarini xushxabarni aytishga yuborayotib, insonlarning uylariga kirishni tayinlagan. (Matto 10:7, 11–13) Iso Masihning o‘limidan so‘ng, birinchi asrdagi masihiylar «el oldida hamda uyma-uy yurib» xushxabarni boshqalarga yetkazishgan. (Havoriylar 5:42; 20:20) Biz ham ilk masihiylarga taqlid qilamiz va uyma-uy va’z qilish usulini samarali deb hisoblaymiz.