2018-YIL 29-NOYABR
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR
Rossiyadagi davlat xodimlari Qrimda sakkizta Yahova Shohidining uyida reyd o‘tkazdi
2018-yili, 16-noyabr juma kechki payt Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) taxminan 200 ta xodimi Qrimdagi sakkizta imondoshimizning uyida reyd o‘tkazdi.
Qurollangan va niqob kiygan FSB xodimlari to‘satdan bostirib kelishgani va qattiq stress yetkazishgani oqibatida, ikkita Yahova Shohidining qon bosimi juda yuqori ko‘tarilib ketdi va ular kasalxonaga olib ketildi. Ko‘ngilni tushiradigan yana bir narsa shuki, bir imondoshimizning homilasi tushib qoldi.
Reyd davomida 78 yoshli Aleksandr Ursuga qo‘pol munosabat ko‘rsatildi. Uni devorga tirab, so‘ng yiqitishdi va qo‘llarini kishanlashdi. Ustiga-ustak, polisiya bir nechta imondoshimizni so‘roq qildi.
Hozirda faqatgina Sergey Filatov (o‘ngda surati keltirilgan) birodarimizga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U Rossiya Federasiyasi Jinoyat Kodeksining 282.2-moddasi, 1-qismi bo‘yicha ayblanmoqda. To‘rtta farzandning otasi bo‘lmish 47 yoshli bu birodarimiz Rossiya hukumati ekstremizmga oid qonun bo‘yicha ayblayotgan Qrimdagi birinchi Shohid.
Garchi reyd va quvg‘unlar to‘g‘risida eshitib, xavotirga tushsak ham, jasorat bilan Tangrimiz Yahovaga ko‘z tikamiz. Ushbu qiyinchiliklarga to‘la oxirzamonda U bizga kuch berishiga ishonamiz. (Ishayo 41:10)