Asosiy materiallarga o‘tish

2018-YIL, 20-DEKABR
ROSSIYA

Birodar Akopyanning sud ishi oxirlab qoldi, 21-dekabr

Birodar Akopyanning sud ishi oxirlab qoldi, 21-dekabr

Rossiyadagi Kabardino-Balkariya Respublikasidagi oldinlari tikuvchi bo‘lgan hozir esa, nafaqaga chiqqan 70 yoshli Arkadiy Akopyanning suddagi ishi 2018-yil 21-dekabrda o‘z nihoyasiga yetadi. U unga qo‘yilgan ayblovlarga qarshi Proxladniy tuman sudida bir yildan oshiq vaqt mobaynida o‘zini himoya qilib kelmoqda. Uni Yig‘ilish zalida nutq so‘zlayotganda «eksremistik» hisoblangan adabiyotlarni tarqatishda va «diniy nafratni» qo‘zg‘ashda ayblashmoqda.

21-dekabrda sudya qarorni e’lon qilish-qilmasligini aniq bilmaymiz. Bordi-yu, birodar Akopyan aybdor deb topilsa, unga katta jarima solinishi yoki to‘rt yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Birodar Akopyan e’tiqodi uchun Rossiyada qonunni buzganlikda ayblanayotgan 100 dan oshiq Yahovaning Shohidlaridan biri. Shu bois, birodar-u opa-singillarimiz imonda mustahkam bo‘lib faqat Xudo bera oladigan tinchlikni his etishlarini so‘rab ibodat qilishdan to‘xtamayapmiz. (Efesliklarga 6:11–14, 23)